1.2 Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar.
Umumiy falsafiy va iqtsodiy qonunlardan to’g’ri foydalanilgan xoldagina iqtisodiyotni muvaffaqiyatli boshqarish mumkin. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlar umumiy falsafiy, xam iqtisodiy nazariya umumiy qonunlarga buysunadi.
Umumiy falsafiy qonunlar bu avvalo quyidagi materialistik dialeqtika qonunlaridir:
Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utish qonuni narsa va xodisalar miqdor va sifat jixatlarini o’zaro bog’liqligi va ta’sirini tavsiflaydi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni xarakatlantiruvchi kuch,o’zo’zidan xarakat qilib amalga oshuvchi rivojlanish manbaini ko’rsatadi.
inkorni inkor etish qonuni cheqsiz rivojlanish va takomillashish yunalishini belgilaydi. Eskirgan narsani inkor etmay, rivojlanishga erishib bulmaydi, chunki inkor natijasida yangi narsa uchun joy yaratiladi. Shuning uchun inkor yangi bilan eski boglangan vaqtdir.
Bozor munosabatlari sharoitida menejment eski buyruqbozlik shakl va uslublarni inkor etib, ular ilmiy asoslangan yangilari bilan almashtiriladi.
ijtimoiy borlikning ijtimoiy ongdan birlamchi ekanligini belgilovchi qonun mexnat jamoasi, aloxida mexnatkash xayotining birlamchi ekanligini ko’rsatdi.
Boshqaruvni umumlashtirish zarur bo’lgan ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlarni aniqlashda bu qonun amal qilishini xisobga olmay amalga oshirib bulmaydi.
Ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga nisbatan belgilovchi ekanligini ifodalovchi qonun boshqaruv uchun katta ahamiyatiiyatga ega. Aynan boshqaruv vositasida ishlab chiqarishning ikki tomoni ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar aloqasi yo’z beradi.
Falsafaning yuqorida sanab utilgan va boshqa qonunlari menejment metodologiyasi asosini tashkil etadi. Ular menejmentda markaziy kategoriyalar bo’lib, uning konsepsiyasi birligini mustaxkamlash, barcha kategoriyalar urtasidagi bog’liqlikni aniqlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar yetakchilik kiladi. Insonlar mexnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshqarish tizimi maksadlarni aniq belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini izlash, ular erishilgan natijalariga baxo berish, iqtisodiy samaradorligida aks etuvchi iqtisodiy qonunlar talablari aniq xisobga olish lozim.
1. Jamiyat extiyojlarini mumkin kadar kam resurslar sarflab iloji boricha tulik kondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iqtisodiy va ijimoiy jarayonlar, ularni amalga oshirish qonunlari bu qonunga amal kiladi, chunki u quyidagilarni ifodalaydi:
ishlab chiqarishning obyektiv yunalishi, uning xalq farovonligini oshirish, shaxsiy xar tomonlama rivojlantirishga qaratilganligini;
insonlar xo’jalik faoliyatining asosiy sabablari, umumxalq iqtisodiy manfaatlarining yetakchiligini;
ishlab chiqarish samaradorliginining ijtimoiy-iqtisodiy moxiyatini.
Bozor munosabatlari sharoitida bu qonunning mazmuni xar tomonlama boyib boradi.
Qiymat qonuni yoki narx qonuni. Tovarlarning pulda ifodalangan qiymati narx deb ataladi. Narx esa talab va taklifga bog’liq ravishda aniqlanadi. Narx bozor barametridir: agar talab va narx yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chiqarish kiskaradi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo’lgan xoldagi narx muvozanat narxi deyiladi.
Ishlab chiqariladigan xar bir tovar turi, xajmi ularga bo’lgan ijtimiy extiyojlarga teng bo’lishi, ya’ni tulov kobiliyatiga ega talabga teng bo’lishi kerak.
Talab qonuni. Uning mazmuni shundan iboratki narx qancha yuqori bo’lsa, talab shunchalik kam bo’ladi. Talab xaridorning tulov kobiliyatini ifodalaydi.
Bunda talab elastikligi koeffisiyenti qanday aniqlanishini ko’rib chiqamiz:
talab xajmi usishi %
Qtalab elas. = _____________________; narxlarning pasayishi %
Taklif qonuni. U narx ortishi bilan taklif ortishini ifodalaydi. Taklif - bu tovar va xizmatlarning narxdagi qiymatidir. Bunda taklif elastikligi koeffisiyenti quyidagiga teng:
taklif usishi xajmi, %
K taklif.elas. = _____________________ ;
narxlar usishi, %
Rakobat qonunining moxiyati shundan iboratki, ya’ni rakobat sharoitida zarar keltirmay eng yaxshi natijaga ega bo’lib bulmaydi, chunki barcha tovar ishlab chiqaruvchilarning daromadi oshishi tartibini o’rnatib bulmaydi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan eng sunggi naflilik qonuni. Naflik - tovar va xizmatlar iste’molidan konikishni bildiradi. Umumiy naflilik ma’lum tovar va xizmat birligidan konikishni bildiradi; sunggi naflik - shu tovar va xizmatning yana sotib olishdan konikishni bildiradi.
Shunday qilib, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda iqtisodiy qonunlardan foydalanish imkoniyatlari xar tomonlama kengayib boradi.
Dostları ilə paylaş: |