Kirish «Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviyma’rifiy asoslari» fani bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zXIA «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO» kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u bakalavriat talabalarining zaruriy tayyorgarlik darajasi va bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar asosida tayyorlangan.Mazkur mavzu bo‘yicha talabalarga jahondagi din va qonun masalalarining umumiy tavsifi, klassifikatsiyalari, vujudga kelish tarixi, tuzilishi, maqsad va vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, xalqaro diniy tashkilotlarning umumiy tavsifi, klassifikatsiyalari, vujudga kelish tarixi, tuzilishi, maqsad va vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Yurtimizda ijtimoiyma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda milliydiniy qadriyatlarning ahamiyati katta. Xalqimiz diniy, ilmiy, ma’naviyma’rifiy va madaniy bilimlarini oshirish, ayniqsa, yoshlarimizni buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lishi, islom dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari yoshlar qalbidan joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, uni jadallashtirish omili bo‘lmish fanning turli sohalari jumladan, davrni, zamonni falsafiy mushohada qilishning ham tubdan yangilanishini taqozo qilmoqda.Shundan kelib chiqqan holda «Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviyma’rifiy asoslari» fani ham shu maqsadlarga qaratilgan faoliyatlardan biri bo‘lib, unda fanning mavzusi, muammolari, obyekti, vazifalari, uning jamiyatdagi o‘rni ilmiynazariy va uslubiy jihatdan tadqiq qilinadi hamda yoshlar ongida diniy mutaassiblik, ekstremizmning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’kidlash lozimki, yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash asosida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo alohida e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlarning yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat, davlat, xalq oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Chunki har qanday jamiyat kelajak poydevori sifatida o‘z siyosatida yosh avlod tarbiyasini yetakchi o‘ringa qo‘yishi tabiiy hol. Globallashuv deganda, eng avvalo ko‘z oldimizda rivojlanish, taraqqiyot gavdalanishiga qaramay, bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongini turli xil yot g‘oya va mafkurafiy xurujlardan saqlash muammosi ham muhim vazifalardan sanaladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26 yil avval Hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu Nizom chorak asr davomida o‘zgartirilmagani va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelingani ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda, Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi. Shu munosabat bilan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida”gi va “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etaman. O‘ylaymanki, ushbu qonunlarning qabul qilinishi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hamda farovon hayoti kafolatlarini yanada mustahkamlash uchun huquqiy poydevor yaratadi.
Biz diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtiramiz.1