O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Xufyona Iqtisodiyot»


O’zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash strategiyasini shakllantirish



Yüklə 57,72 Kb.
səhifə4/9
tarix11.04.2023
ölçüsü57,72 Kb.
#96322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ali kurs ishi

1.2. O’zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash strategiyasini shakllantirish
Prezident farmoni bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyuldagi farmoni (PF-6255) bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.
«Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir».
Strategiyada qayd etilishicha, estremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retroprospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va boshqa radikal siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.4
Quyidagilar strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish;

  • voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish;

  • xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;

  • uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish;

  • ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishga qarshi kurashish;

  • fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi ishtirokini ta’minlash;

  • ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;

  • ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.

Strategiyani uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 57,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin