2.2. Diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlarga kurashishda O’zbekiston tajribasi Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.Bu yot g’oya tarafdorlari qilgan buzg’unchiliklarni xali xech kim unutmagan. Oddiygina misol 2001- yil 11- sentabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 18 yil avval — 2001-yil 11-sentabrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ro‘y bergan fojia ko‘pchilikning yodida. O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi binosi – Pentagonga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni, balki butun dunyo aholisini sarosimaga solgan hodisada jami 3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va narxi nechadir milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikkita bino yer bilan bitta bo‘lgan edi.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ “ISHID” “Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir.
Ma`lumki dunyoda hech bir din u hoh xristianlik bo‘lsin, hoh buddizm, yahudiylik dini bo‘ladimi insonlarni hech qachon yovuzlikka, qo‘poruvchilikka, qo‘rqitishga, odam o‘ldirishdek jirkanch bir holatlarga da`vat qilmaydi, balki insonlarni ezgulikka, diyonatga, halollikka undovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan diniy ekstremistik guruhlarning “din” yo‘lida olib borayotgan qo‘poruvchilik harakatlari mutloqo asossizdir. Yuqorida keltirib o‘tgan dinlardek islom dini ham ezgulik dini ekanligiga hech bir shak-shubha yo‘q. Lekin hozirgi kunda butun dunyoda olib borilayotgan ekstremistik va terroristik harakatlarning aksariyati aynan islom dini niqobi ostida sodir e`tilayotganligi muqaddas dinimizga bo’lgan munosabatni biroz salbiylashtirayotganligi bor gap. Ayniqsa hozirgi kunga kelib butun dunyoga xavf solayotgan terrorchilik guruhlarining eng yirigi, o‘zlarining ta`biri bilan aytganda “Iroq va Shom islom davlati”dir. Bir nechta yirik terrorchi guruhlarning o‘zaro birlashishidan tashkil topgan, niyatlari o‘z bayrog‘idek qora, hali hech bir davlat tan olmagan bu “davlat” bugungi kunda butun insoniyatga tahdid solayotgan siyosiy muammoga aylanib ulgurdi.6 Diniy ekstremizm tushunchasi matbuotimizda hozirgi vaqtda tez-tez qo’llanilmoqda. Ekstremist ruhoniylar bunday kishilarni dindan qaytganlar ya’ni shakkoklar deb ataydilar va ularni ayovsiz jazolaydilar. Islom dinidagi ekstremistlar garchi musulmon mamlakatlari jamiyati hayotida va hukumat siyosatida g’arbdagi rivojlangan kuchli davlatlar tasiriga tushib qolmaslik hamda mustaqillikni yo’qotish xavfiga qarshi kurashish uchun qadimgi islom g’oyalarini qayta tiklash niqobi ostida harakat qilayotgan bo`lsalarda, aslida ularning diniy-siyosiy qarashlari hokimiyatga intilishga mamlakat boshqaruvini egallashga qaratilgandir.Bugun shunchaki yoshlar ongida sog’lom muhitni uyg’otish sog’lom mafkura egasi qilish va ularni o’zlari mustaqil to’g’ri yo’lni tanlay oladigan darjaga yetgunlariga qadar nazorat ostida ushlash kerak.Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi. Degan edi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunday ekan bugun barchamiz nafaqat o’zimizga balki atrofdagilarimizgada e’tiborli bo’lsak, talabchan bo’lsak xech qanday xatar bizga rahna sola olmaydi.
Ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi.Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir.
Ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb so'zlaganlar.
Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.7 O'zbekiston ekstremizm va terrorizm tahdidlari va zararlarini boshidan kechirgan mamlakat hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish bo'yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo'la oladigan darajada o'ziga xos tajriba shakllangan.Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna bo'lishi mumkin bo'lgan samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:
To'g'ri yo'ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog'lom hayotga qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus ro'yxatdan chiqarish bo'yicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi.Yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish, ma'rifiy islom ta'limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosini chuqur o'rganish, jamiyatda diniy va milliy bag'rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g'oyalarga nisbatan mustahkam ma'naviy himoya qobig'i shakllantirish maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg'onada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.8 Har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga qarshi kurash, millatlararo va konfessiyalararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yig'inlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o'tkazish yo'lga qo'yilgan.
Aqidaparastlik g'oyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot etkazish vositalaridan samarali foydalanishga urg'u berilmoqda. Xususan, “Diniy ekstremizm – kelajakka tahdid”, “ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh bo'ling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib, mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga etkazilmoqda.Xorijdagi mehnat migrantlari, talabalar va vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning taniqli ulamolari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk va Qozon shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir o'lkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga Ukrainaning Kiev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida o'tkazilgan diniy-ma'rifiy uchrashuvlarda ma'rifiy islom ta'limoti hamda hozirda buzg'unchi oqimlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” kabi tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda.
Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekaniga e'tibor qaratildi.“ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan, to'g'ri yo'ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog'lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so'nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yo'li bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan dalolat beradi.Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.Shu nuqtai-nazardan, Prezidentimizning ikki global ahamiyatga ega, ya'ni yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning “Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiya”sini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi takliflari barcha mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qo'llab-quvvatlandi.9
Xulosa Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag'rikengligi va ma'rifatparvarligi tufayli mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta'minlanib kelinmoqda.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo'lmog'i lozim.
Diniy ekstremistik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik ruhdagi, shu jumladan, “jihod”, “shahidlik” g'oyalari targ'ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalarni tarqatish, yashirin guruhlar tuzish, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holatni keskin qoralash hamda bevosita terroristik aksiyalar o'tkazish kabi faoliyat uslublaridan foydalangan xolda yoshlarni o'z domiga tortmoqda. Bunday yovuz niyatli shaxslarga qarshi kurashishda joylardagi diniy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, aholining, ayniqsa, yoshlarning diniy-ekstremistik tashkilotlar ta'siriga tushib qolishini oldini olishda o'quv muassassalari, tashkilot va mahalla yig'inlarida o'tkaziladigan ma'rifiy tadbirlarda yoshlarni ilmli, dunyoviy dunyoqarashli vatanparvar shaxs qilib tayyorlashga alohida urg'u berish, noqonuniy mehnat migrasiyasining oldini olish, diniy-ekstremizm tarafdorlari tarqatayotgan g'oyalarning aslida islom ta'limotiga zid ekani va siyosiy maqsadlarga yo'naltirilganini aniq dalillar bilan isbotlab berishimiz lozimligini ta'kidladi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda dunyoda sodir bo'layotgan mudhish jarayonlar, xususan, Suriya va Iroqda bo'layotgan qonli urushlar, uning oqibatida minglab begunoh aholi vafot etmoqda, ular orasida yosh bolalar ham borligi g'oyat achinarli holdir. Shu bois, hozirgi kunda islom dinini niqob qilib, o'zlarini musulmonman deya qo'poruvchilik, terrorchilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o'limiga sababchi bo'layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida davra suxbati ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berdi.Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o'tkazildi, barcha ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob oldilar va kelgusida yana shu kabi mavzularda davra suxbatlari o'tkazishga kelishib olindi.
O‘zbekiston dunyoda tinchlikni saqlash, xalqlar, millatlar manfaatini himoya qilish, terrorizm, diniy aqidaparastlar va turli g‘araz niyatli to‘dalarga qarshi kurashishda faol va mustahkam pozitsiyasiga ega. Bu jihatlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, uzoq-yaqin davlatlar bilan barcha jabhalardagi munosabatlarda o‘z aksini topmoqda.
Xulosa qilib aytganda, global muammo sifatida e'tirof etib kelinayotgan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi” kurashda fuqarolarning mafkuraviy immunitetini oshirish va ma'naviyatini yuksaltirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Shunday ekan mana shunday og‘ir bir tahlikali davrda farzandlarimizni yovuz kuchlarning qo‘liga berib qo‘ymasligimiz, ularni o‘zimiz tarbiyamizga olishimiz, hamda oila - mahalla - ta'lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishimiz, ota-onalarimizni o‘z farzandlarining tarbiyasiga alohida e'tibor bergan holda, ularni doimo nazorat qilib borishimiz juda muhim hisoblanadi. Zero, farzandlarining kelajakda yetuk, komil inson bo‘lib yetishishi ularning hayotda bergan tarbiyalariga bog‘liq.