I-Bob. Ekstremizmga qarshi kurashishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 1.1.O’zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashishning huquqiy me’yoriy asosi O‘zbekiston respublikasining qonuni ekstremizmga qarshi kurashish to’g’risida bu qonunning asosiy maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi hisoblanadi.
Ekstremistik faoliyat turlariga quyidagilar ko’radi:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga;
hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki o‘zlashtirishga;
qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga;
zo‘rlik yoki zo‘rlik ishlatishga oshkora da’vat qilish bilan bog‘liq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga;
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga;
biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga;
ushbu moddaning to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oshkora da’vat qilishga qaratilgan harakatlarni rejalashtirishga, tashkil etishga, tayyorlashga yoki sodir etishga doir faoliyat;
Ekstremizmni moliyalashtirish — ekstremistik faoliyatning mavjud bo‘lishini va faoliyat ko‘rsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini ta’minlashga, ekstremistik tashkilotlarga yoxud ekstremistik faoliyatga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘larni, resurslarni berishga yoxud yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat;2 Ekstremist — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;
Ekstremistik guruh — oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs;
ekstremistik material — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora da’vat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot;
Ekstremistik tashkilot — ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli o‘ziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash to‘g‘risida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot.
Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
oshkoralik;
javobgarlikning muqarrarligi.
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash;
ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
ekstremistik faoliyatning har qanday ko‘rinishlari;
yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olgan nomlardan foydalanish.
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish chiqarish;
yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash;
ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash;
yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatib turish;
tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish.
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
tushuntirish ishlarini olib borish;
huquqiy tarbiya va ta’limni tashkil etish;
ekstremizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
madaniy an’analarni, ma’naviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani mustahkamlash;
ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini takomillashtirish.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.O‘zbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi.Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini ko‘radi.Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘larini o‘tkazishga doir operatsiyalar mustasno, to‘xtatib turishi va (yoki) pul mablag‘larini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qo‘yishi shart.Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qo‘yish, shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qo‘yilgan pul mablag‘laridan yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi.3 Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.