6
bo‘yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.-yil,
yy.-yillar, m.s- ming so‘m, mln. s. - million so‘m, mak -maksimal va boshqalar. Lekin
"Moliya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozilar ekan moliyaviy, iqtisodiy terminlar
va so‘zlarda kamdan-kam holda qisqartma so‘zlar ishlatiladi. Ushbu holatni inobatga olib,
kurs ishida qisqartma so‘zlarni kamroq ishlatish tavsiya etiladi. Shuningdek, kurs ishida
ba’zi bir so‘z birikmalari qayta-qayta kelishi ko‘zda tutilsa, ushbu so‘z birikmalarini
birinchi yozilishida to‘liq yozish va so‘z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, ushbu so‘z
birikmasining qisqartma ko‘rinishlarini keltirish kerak. So‘ng, ushbu so‘z birikmasi
qaytarilsa, qisqartma ko‘rinishini yozish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti
(Departament).
O‘zbekiston
Respublikasi
Turizm
rivojlantirish
Davlat
qo‘mitasi(Qo‘mita).
Reja kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi birlamchi qism bo‘lib, uning boshlanish
qismida keltiriladi va kurs ishi tarkibidagi kirish, asosiy qism va savollar, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar ko‘rsatiladi. Kurs ishi rejasini talaba asosiy
adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan keyin tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning
mohiyatini ochib beruvchi savollardan tashkil topishi kerak. U kurs ishi rahbari bilan
kelishilgan holda tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Kurs ishi rejasini tuzishda yagona shakl
bo‘lishi mumkin emas, lekin uslubiy qo‘llanmada ma’lum bir mavzu bo‘yicha taxminiy
rejani 1-rasmda keltirishni lozim deb topdik.
Dostları ilə paylaş: