O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t
2.5. Kurs ishiga taqriz olish tartibi Kurs ishi talaba tomonidan belgilangan muddatlarda tayyorlanib, taqriz olish uchun
elektron pochta, “HEMIS” elektron platformasi, shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘i
va boshqa vositalar orqali ilmiy rahbarga yuboriladi.
Ilmiy rahbar kurs ishini elektron qabul qilingan sanadan boshlab 2 kun ichida
taqriz yozadi. Ilmiy rahbar tomonidan taqdim etilgan taqrizda mavzuning dolzarbligi,
keltirilgan ma’lumotlar tahlili, chiqarilgan xulosalarning asoslanganligi va kurs ishining
boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham
ko‘rsatiladi.
Taqrizda kurs ishining tayyorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar
ko‘rsatiladi. Taqriz oxirida kurs ishini himoyaga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik
to‘g’risida ma’lumot beriladi. Agar taqrizda «Himoyaga tavsiya etilmaydi» deb ko‘rsatilgan
bo‘lsa, kurs ishi talaba tomonidan taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar asosida qayta
ishlanadi, to‘ldiriladi va qayta taqrizga yuboriladi.
Kurs ishida qo‘pol bo‘lmagan xato va kamchiliklar bo‘lsa-yu, u himoyaga tavsiya
etilsa, talaba ko‘rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki to‘g’rilash uchun kurs ishi
himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni
bartaraf etgandan so‘ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, u holda xato va
kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish taqrizi
yoziladi. Agarda talaba sababsiz ravishda kurs ishini o‘z vaqtida yubormasa, kamchiliklar
to‘liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar “kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi” deb yozib
xulosa beradi.
Ilmiy rahbarlar taqrizni elektron pochta, “HEMIS” elektron platformasi,
shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘i va boshqa vositalar orqali talabaga elektron
ko‘rinishda yuboradi.