2.3. Kurs ishiga ilmiy rahbarlik qilish
Sirtqi fakulteti decani farmoyishi asosida kurs ishiga rahbar etib belgilangan
pedagog-xodim kurs ishiga ilmiy rahbar hisoblanadi. Kurs ishiga rahbarlik kafedraning
asosiy va o‘rindosh shtatidagi pedagog-xodim tomonidan o‘quv yilidagi umumiy o‘quv
yuklamasi doirasida amalga oshiriladi. “Moliya” kafedrasi pedagog-xodimlari “Moliya”
10
ta’lim yo‘nalishi talabalarining kurs ishlarini o‘rnatilgan talablar asosida bajarilishini
nazorat qiladi va maslahat hamda ko‘rsatmalar berib boradilar.
Ilmiy rahbarlar har haftada ikki marta talabalar bilan telefon, elektron pochta,
“HEMIS” elektron platformasi, shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘i, Zoom elektron
videoaloqa dasturi va boshqa vositalar orqali muloqotda bo‘lib, kurs ishining yozilishi
va rasmiylashtirilishi yuzasidan maslahatlar beradi, yordam beradi.
Kafedradan kurs ishiga biriktirilgan rahbarning vazifalari:
− talabalarga zaruriy bo‘lgan nazariy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
− talabalar tomonidan kurs ishini o‘z vaqtida bajarilishini, uning belgilangan
tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qilib boradi;
− ilmiy rahbarligidagi talabalar tomonidan kurs ishlarining bajarilishi bo‘yicha
haftada bir marta kafedra mudiriga va fakultet dekanatiga hisobot berib boradi;
− talabalar tomonidan elektron pochta, “HEMIS” elektron platformasi, shuningdek,
telegram ijtimoiy tarmoqlaridan yuborilgan tugallangan kurs ishlariga 2 kun davomida
taqriz yozadi.
2.4. Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari
Tanlangan mavzu bo‘yicha bajarilgan kurs ishining to‘g’ri rasmiylashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Kurs ishi belgilangan talablar doirasida rasmiylashtirilishiga hamda
kurs ishida ko‘chirmachilik holatiga yo‘l qo‘yilmasligiga talabaning shaxsan o‘zi
javobgar hisoblanadi.
Kurs ishi Davlat Ta’lim Standartlarida talab etilganidek, tartibli rasmiylashtirilgan,
xatosiz, aniq va tushunarli tilda ravon yozilgan bo‘lishi kerak.
Kurs ishi qo‘lyozma yoki elektron tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Shuningdek, kurs ishi qo‘lyozma tarzida rasmiylashtirilayotganda quyidagi talablarga
javob berishi lozim. Kurs ishi A4 o‘lchamdagi oq qog’ozning bir tomonida, ko‘k rangli
ruchkada yozilishi talab qilinadi, boshqa rang (qora, qizil, yashil va boshqalar)dagi
ruchkalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar, jadvallar, rasmlar raqamini va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada
yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishda keltiriluvchi jadvallar, diagrammalar, rasmlar
11
kompyuterda tayyorlanib, printerda chop etilgan (qog’oz A4 (210*297mm) shaklda)
holda kiritilishi mumkin.
Kurs ishi kompyuterda tayyorlanganda quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Elektron shakldagi kurs ishi loyihasi Times New Roman 14 shriftda, 1,5 intervalda
bo‘lishi lozim.
Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm,
Dostları ilə paylaş: |