7
Tanlangan mavzu doirasida bajarilgan
kurs ishining kirish qismi - bu kurs
ishining boshlang’ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini qisqacha bayon qilish
uchun xizmat qiladi. Kurs ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi,
kurs ishining maqsadi va vazifalari, izlanish ob’ekti to‘liq asoslanadi.
Shuningdek, kurs
ishini yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlarning manbalari aks ettiriladi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligini ifodalashda talaba aynan qaysi sabablarga ko‘ra
mazkur mavzu doirasida ilmiy izlanishlarni olib borish lozimligini, o‘zining mulohaza
yurita olish qobiliyati hamda to‘plagan ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda bayon
etishi lozim. Fikrini ishonarli va aniq ifodalash uchun mavzu doirasida etakchi olim va
mutaxassislarning fikrlarini keltirish orqali mustahkamlashi mumkin. Mavzu dolzarbligini
sifatli keltirilishi talabaning salohiyati, ma’lumotlar bazasi bilan qay darajada ishlay
olganligi, mavzuning ijtimoiy iqtisodiy mohiyatini chuqur
anglab etganligi bilan
baholanadi. Tanlangan kurs ishi mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalaridan mavzuga oid fikr mulohazalarni
keltirilishi kurs ishi sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kurs ishida tanlangan mavzu
dolzarbligi bayon etilgan so‘ng, kurs ishi doirasida olib borilgan tadqiqotning maqsadi
kirish qismida ifodalanadi.
Talaba tomonidan tanlangan mavzu bo‘yicha yozilgan kurs ishining kirish qismi
ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmida bayon etish tavsiya etiladi. Kurs ishining kirish qismidan
so‘ng, asosiy qism keladi. U bir nechta savollardan iborat bo‘lib, tanlangan mavzuning
asosiy mohiyatini batafsil ochib berishga xizmat kilishi kerak.
Tanlangan mavzu bo‘yicha kurs ishining
birinchi savolida(rejasida) mavzuning
nazariy jihatlari, mazmuni, mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati batafsil yoritiladi.
Bunda talaba tomonidan turli iqtisodiy maktablar vakillari bo‘lgan iqtisodchi olimlar
asarlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy
maqolalardan foydalanilishi, mavzuga oid asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida
keltirilgan nazariy fikrlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
huquqiy-me’yoriy hujjatlardan ushbu sohani qaysi huquqiy hujjatlar tartibga sonishini
ham izohlab o‘tish maqsadga muvofiq. Ushbu savolni yoritishda rasm ko‘rnishidagi
ma’lumotlardan foydalanish kurs ishi sifatini oshiradi. Kurs ishidagi rasmlar quyidagi 1-
8
ilovada ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
Talabaga mazkur savol bo‘yicha fikr-mulohazalarini ko‘pi bilan 8-10 varaq hajmda
yozish tavsiya etiladi.
Kurs ishining
ikkinchi savolida(rejasida) mavzuning moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini bugungi kun holati tahlilini amalga oshirish va tahlil natijalariga
asoslangan holda tegishli xulosalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Bunda jadvallar,
diagrammalar, rasmlar shaklidagi amaliyot ma’lumotlaridan
keng foydalanish, ularni
batafsil tahlil etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy
maqolalarga, hukumat idoralarining rasmiy internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga
tayanish tavsiya etiladi. Har bir jadval, diagramma va rasmlarning manbalari aniq
ko‘rsatilishi talab etiladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 10-12 varaq hajmda yozish tavsiya
etiladi. Jadvallar va diagrammalarda tahlil qilanayotgan davr kamida so‘nggi 3
yil(2018,2019,2020)ni o‘zida olishi lozim. Jadval va diagrammalar 2 va 3-ilovalarda
ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Kurs ishida jadval (diagramma, rasm)
qo‘yilishi matnda bayon qilingan fikrlarni asoslashga xizmat qilishi kerak. Har bir
jadval (diagramma, rasm) ma’lumotlari, albatta, tahlil qilinishi talab etiladi.
Tahlil
natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalar shakllantiriladi.
Agar talaba
bank, sug’urta, yoki lizing tashkilotida amaliyot o‘tashi belgilangan
bo‘lsa, unda ushbu tashkilotlar bosh ofisining rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlar
asosida kurs ishi yozishi lozim.
Rasm, jadval, diagrammalarda tartib raqami va sarlavhasi bo‘lishi kerak. Barchasi
ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi, tartib raqami yuqorida o‘ng tarafda yoziladi.
Tartib raqam qo‘yilganidan so‘ng, bitta satr tashlab o‘rtada sarlavha yoziladi. Sarlavha
bosh harf bilan boshlanadi. Sarlavhani ostiga chizilmaydi.
Rasm, jadval, diagramma nomi yakunida “havola” (snoska) beriladi. Snoskada
avval muallifning familiyasi, ismi, keyin asar nomi, asar turi (darslik, o‘quv qo‘llanma,
to‘plam yoki boshqa shu kabilar), chop etilgan joyi,
nashriyot nomi, chop etilgan yili,
asar jami necha varaqdan iborat ekanligi va mazkur jadval bu asarning nechanchi
varag’ida berilganligi aniq ko‘rsatiladi (2, 3-ilovalarga qarang).
Jadval muayyan manbadan olinmay, balki bir qancha ma’lumotlar tahlili natijasida
9
shakllantirilsa, bunda manba sifatida “talaba tomonidan ..... ma’lumotlari asosida
tayyorlandi” deb yoziladi va qaysi ma’lumotlar tahlil qilinganligi ko‘rsatiladi. Jadval inter-
net saytlari ma’lumotlaridan olingan bo‘lsa, sayt sahifasiga havola aniq ko‘rsatiladi.
Masalan, http://mf.uz/index.php.
Tanlangan mavzu
uchinchi savolida(rejasida) bugungi kundagi mazkur sohadagi
mavjud muammolar yuzasidan keltirilgan fikr-mulohazalarni
umumlashtirgan holda
ularga nisbatan talabaning mustaqil qarashlarini bayon etilishi lozimdir. Ushbu savolni
yoritishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganish ham maqsadga muvofi. Ushbu
savol bayonini ko‘pi bilan 8-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Kurs ishining
xulosa qismida mavzuni o‘rganish davomida talaba tomonidan
amalga oshirilgan tadqiqot va tahlil jarayonida ishlab chiqilgan xulosalar bayon etiladi.
Kurs ishining xulosa qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Kurs ishining yakunida
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Kurs ishining
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi ketma ketlikda rasmiylashtirilishi kerak (
4
-
ilovaga qarang) :
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari va Farmonlari
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlari
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
6.Maxsus iqtisodiy adabiyotlar.
7.Ma’lumotlar to‘plami.
8.Internet saytlari nomi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda keltirish tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: