V.Quyonchilik sohasini rivojlantirish.
Hukumatimiz tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida quyonchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ATB “Mikrokredit bank” hamda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda 2018 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bittadan jami 14 ta quyonchilik agrofirmalarini tashkil etildi. Tashkil etilgan agrofirmalarga quyonchilik sohasini rivojlantirish maqsadida jami 11,4 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi va ushbu mablag‘lar hisobiga Italiya va Ispaniya davlatlaridan “Yangi zellandiya” (1500 ta) va “Domashniy krolik” (400 ta) zotli quyonlar olib kelindi. Olib kelingan quyonlarni rejaga asosan har bir viloyatda tashkil qilingan agrofirmalarga 114 (4 ta erkak va 110 ta urg‘ochi) boshdan tarqatildi. Bugungi kunda chetdan olib kelingan quyonlar soni 15 ming 232 boshdan (agrofirmalarda saqlanayotgan quyonlar soni 9 ming 638 bosh, aholi xonadonlarida 5 ming
594 bosh) oshganligini ma’lumot sifatida aytish mumkin. 2018 yilning birinchi choragida quyonchilikni rivojlantirish maqsadida 14 agrofirma tashkil qilinib, ularga 5,7 mlrd.so‘m miqdorida kredit ajratildi. Ushbu agrofirmalarda boqilayotgan quyonlar soni 9 ming 116 boshni tashkil etadi.
Aholi xonadonlarida kasanachilik asosida quyonchilikni rivojlantirish uchun 273 ta xonadonga jami 1351,0 mln. so‘m kredit ajratildi va xonadonlarga boqish uchun 3 ming 952 bosh quyon tarqatildi. Bugungi kunda quyonlar bosh soni
5 ming 594 boshni tashkil etadi. Sohani rivojlantirish rejasini davomi sifatida, 2019 yilda har bir viloyatda qushimcha o‘rtacha 3-4 tadan, jami 41 ta quyonchilikka ihtisoslashgan agrofirmalar tashkil qilindi va ularni rivojlantirish maqsadida 39,0 mlrd.so‘m miqdorida kredit ajratish bo‘yicha dastur tasdiqlandi. Ushbu ajratilayotgan kreditlar qo‘yidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
• binolarini ta’mirlash va qurilish ishlariga 13,0 mlrd.so‘m;
• quyon uyalari (kletka) olib kelish va o‘rnatishga 3,9 mlrd.so‘m;
• quyon (mahaliy va chetdan olinadi) uchun 2,6 mlrd.so‘m;
• quyon oziqasi uchun 3,3 mln.so‘m, so‘m;
• quyon ozuqa yetishtirish uchun ekin maydonini tayyorlash va boshqalarga 1,7 mlrd.so‘m;
• quyonlarni so‘yish (uboynya) uskunasi 0,7 mlrd.so‘m;
• muzlatgich (saqlash) uskunalariga 2,6 mlrd.so‘m;
• gushtni qayta ishlash va qadoqlash uskunalariga 3,9 mlrd.so‘m;
• quyon terisini qayta ishlash uskunasiga 2,6 mlrd.so‘m;
• aholi xonadaonlariga quyon yetkazib berish uchun (xar bir viloyatda 165 xonadonga 30 boshdan 6,5 mln.so‘m kredit hisobiga) 1,1 mlrd.so‘m;
• boshqa xarajatlarga 3,6 mlrd. so‘m.
2019 yilda tashkil qilingan 41 ta agrofirmalarning 17 tasiga, binolarni ta’mirlash, quyonlar uchun kletkalar sotib olish, zotdor quyonlar sotib olish hamda quyonlar uchun ozuqa ishlab chiqarish uskunalari sotib olib o‘rnatish maqsadida 3,2 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Qolgan 22 ta agrofirmalarga kredit hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Bundan tashqari 2019 yil uchun tasdiqlangan dasturdan tashqari 26 ta quyonchilik sohasi rivojlantirish istagini bildirgan tashabbuskor aniqlanib, ularga quyonchilik sohasini rivojlantirish maqsadida 1150 mln.so‘m kredit ajratildi va 523 bosh quyon tarqatildi. Nasilli quyonlarni chet eldan olib kelish va ularni mamlakadimizda ko‘paytirish maqsadida, Belarusiyaning “EkoFol” kompaniyasi bilan 1020 bosh (1000 bosh ona, 20 bosh erkak) “Xiplyus” zotli quyonlarni olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Rossiyaning “Lidan” kompaniyasi bilan 22 ming quyon boqishga mo‘ljallangan zamonaviy, avtomatlashgan kletkalarni olib kelish borasida kelishuvga erishildi va shartnoma imzolandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida quyonchilikni rivojlantirish loyihalari bo‘yicha Qamashi, G‘uzor, Yakkabog‘, Qarshi va Nishon tumanlarida quyonchilik agrofirmalarini tashkil etishni nazarda tutadi.
Jumladan Qamashi tumanida 30 ming bosh quyonga mo‘ljallangan agrofirma tashkil etilib, unda quyonlarni zamonaviy usulda so‘yish, tozalash, qadoqlash hamda quyon mo‘ynasini qayta ishlashni nazarda tutadi.
Jami loyiha summasi 6 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Jumladan, Binolarni qurish va ta’mirlashga 3,4 mlrd.so‘m, Italiyadan 2000 bosh “Yangi Zelandiya” zotli quyonlarni sotib olishga 432,0 mln.so‘m, Xitoydan quyonlarni so‘yish, qadoqlash, ozuqa tayyorlash uskunalari sotib olish 1000,0 mln. so‘m, Muzlatgichga
800,0 mln. so‘m va Xitoydan quyon mo‘ynasini qayta ishlash uskunasini sotib olishga 500,0 mln.so‘m mablag‘ sarflanadi. Qamashi tumanida tashkil etilgan “Qamashi momiq quyonlari” agrofirmasiga tuman hokimining 2019 yil 6 martdagi X-222/3-sonli qarori bilan quyon boqish binosini qurish uchun 1,5 gektar yer uchastkasini doimiy muddatga hamda ozuqa yetishtirish uchun Balandchayla MFY hududidan 130,7 gektar yer maydoni 42 yil muddatga ijaraga ajratilgan. Bundan tashqari, tuman hokimining 18.03.2019 yildagi X-290/3 sonli qaroriga asosan qo‘shimcha Qamay QFY xududidan 149,8 gektar yer maydoni ajratildi. Agrofirmaning umumiy yer maydoni 280,5 gektarni tashkil etadi. Ajratilgan “nol” qiymatdagi binoni (31.01.2019yildagi № 8878 sonli order) ta’mirlash ishlari boshlandi. Xozirda binoning bir qismi qayta ta’mirlanib, 110 mln.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi va 130 dona quyon olib kelinib boqilmoqda.
Qo‘shimcha binolarni qurish bo‘yicha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda. Joriy yilning 11 aprel holatiga 650 mln.so‘mga kredit hujjatlari rasmiylashtirilib 464,8 mln.so‘m kredit ajratildi. Bundan tashqari, 2019 yilda aholi xonadonlarida quyonchilikni kasanachilik asosida rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 500 tadan xonadonlarga, har bir xonadonga
3 mln.so‘m miqdoridagi kredit hisobiga kletkasi bilan birga 10 ta (9 ta ona quyon va 1 ta erkak) quyon va quyonlar uchun 1 yilga yetadigan ozuqasi tarqatiladi. Buning natijasida Mikrokredit bank tomonidan Respublika bo‘yicha aholi xonadonlariga 19 mlrd 500 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi va 65000 bosh ona quyon kletkalari bilan birga tarqatish imkoniga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi barcha loyihalarni amalga oshirish natijasida joriy yil yakunida quyonlar bosh soni 365 mingga yetadi, 1050 tonna quyon go‘shti yetishtiriladi,
231 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda Respublika bo‘yicha 6500 ta xonadon o‘zini o‘zi go‘sht bilan ta’minlaydi va bundan tashqari daromad olishi ham ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |