O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 202-guruh talabasi Atabayev Quvondiqning “Optika” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Yorug‘lik dispersiyasi


O'qituvchi: “Nima uchun zanjirning reostatli qismidagi lampochkaning asta sekin yonib borishini kuzatmaymiz?”. O'quvchilar



Yüklə 383,83 Kb.
səhifə10/12
tarix01.07.2022
ölçüsü383,83 Kb.
#62574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi Optika Q (2)

O'qituvchi: “Nima uchun zanjirning reostatli qismidagi lampochkaning asta sekin yonib borishini kuzatmaymiz?”.
O'quvchilar: “Hoynahoy bu holatda induksiya EYUK juda kichik yoki u zanjirning g'altakli qismiga nisbatan juda qisqa muddatda ta'sir qiladi”.
O'qituvchi: “Nega shundayligini tushuntiring”. O'qituvchining qisman yordami bilan o'quvchilar bu savolga ham to'g'ri javobni to'pishga erishadilar.
Bunday texnologiya asosida tashkil etilgan mashg'ulotlar natijasida o'quvchilar qaysidir muammoni yechimini topishdan avval uning sabablari aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularni o'rganish va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o'z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.

2.3. Fizika fanidan mustaqil ishlarni bajarishda testlardan foydalanish.
1. Dispersiya hodisasi deb nimaga aytiladi.
A)Yorug’lik nuri prizmadan o’tganda prizmaning orqa tomonida kamalak rangga bo’yalgan yorug’ nurlar hosil bo’lishiga aytiladi
B)Yorug’lik nurining qutblanishi
C)Yorug’lik nurining kuchayishi
D)Yorug’lik nurining ikkilanib sinishi
2. Normal dispersiya nima?
A)Chastota oshganda sindirish ko’rsatkichi oshsa
B)To’lqin uzunligi oshsa sinish ko’rsatkichi o’zgarmas bo’lsa
C)Chastota kamaysa sindirish ko’rsatkichi oshsa
D)Chastota oshsa sindirish ko’rsatkichi kamaysa
3.Spektr deb nimaga aytiladi?
A)Biror yorug’lik manbai nurlanishining to’lqin uzunliklari bo’yicha taqsimlanishiga aytiladi
B)Intensivlikning chastotaga teng bo’lgandagi qiymatiga aytiladi
C)Elektromagnit to’lqinlarning energiya bo’yicha taqsimotiga aytiladi
D)Energiya va chastotaning aynan teng bo’lganligiga aytiladi
4. Qaysi rangdagi nur prizmada eng katta burchakka og’adi.
A)binafsha; B)yashil; C)qizil; D)ko’k;
5. Qo’yidagi keltirilgan nurlarning qaysi biri eng katta chastotaga ega.
A) rentgen nurlari; B) infraqizil nurlar; C)ko’zga ko’rinadigan yorug’lik nuri; D) ultrabinafsha nurlar;
6.Dispersiya necha turga bo’linadi ?
A)2; B)4; C)6; D)7;
7. Ko’zga ko’rinadigan nurlarning to’lqin uzunligi eng kattasini ko’rsating.
A) qizil; B) ko’k va yashil; C) binafsha; D) sariq
8. Yorug’lik qutblanganligini tekshiruvchi qurilma qanday nomlanadi?
A)Analizator B)Polyarizator C) Prizma D) Fotometr
9. Tabiiy nurni qutblangan nurga aylantiruvchi qurilma nomi?
A)Polyarizator B)Shisha prizma C) Fotometr o’tkazgich D) Analizator
10. Yorug’lik nuri to’g’risidagi to’g’ri fikrni toping.
A)Yorug’lik nuri ham to’lqin, ham zarracha B)Yorug’lik nuri bu to’lqindir
C)Yorug’lik nuri zarrachadir
D)Yorug’lik nuri elektronlar oqimi sifatida tarqalad


Yüklə 383,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin