Tayanch tushunchalar psixologiya,psixika,ong,ongsizlik,
materialism,idealism,ikkinchi signal sistemasi,til.
Psixologiya sozi ikkita grek sozlaridan “psyche jon, ruh va “logos talimot, ilm sozlaridan iborat bolib, ananaviy manoda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va oz-ozimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya boyicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb tarif berishadi. Psixika bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (bazan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, yani bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni taminlaydi. Ananaviy tariflarda psixologiya fan sifatida ana shu psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini organadi, deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa tariflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish notogri boladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz bazan oz-ozimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda roy berayotgan obyektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bolish bilan, balki hayotda munosib orin egallash, oz ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bolish, oziga va ozgalarga tasir korsatishning usullarini bilish va ulardan oz ornida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bolgan jarayonlarni, ozimizda, miyamiz, ongimizda roy berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, ortoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti-harakatlarini bevosita korib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq korishmay qolganimizda uni soginayotganligimiz bilan bogliq hisni bevosita korib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga oxshash holatlar psixologiya organadigan hodisalar va holatlarning oziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi.
Bu fan muayyan turkumga kiritilgan. Chunki psixologiya fani bu tizimda nufuzli o'rin egallashiga barcha obyektiv shart-sharoitlar yetarli. Sunday qat'iy ishonch bilan aytilgan fikr zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar mavjud. Zero, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabligi bois, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o'rganilib kelindi. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o'zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo'shilishi to'g'risida faraziy asosda bo'lsa ham mulohazalar yuritilmoqda. Shunga muvofiq, biosferaga kirib kelayotgan moddalar o'zaro birikib, ayniqsa, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to'planishi inson tana a'zolariga ijodiy ta'sir ko'rsatmoqda, natijada favqulodda holatlar sodir bo'lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo'lishi kutilmoqda. Bular qatoriga telepatik (yunoncha tele uzoqni, pathos sezaman degan ma'no anglatadi) samaralar, o'ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha extra o'ta, sensus sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extra - o'ta, sensus his qilaman ma'nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo'ladi. Biroq omadsizlik, ichikish, kasal kimnidir intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo'lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo'q. Ammo bilish obyekti (lotincha objectum jism demakdir) bilan subyektining (lotincha subjectum tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatlari mavjud ekanligini ta'kidlab o'tish o'rinli.
Dostları ilə paylaş: |