O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti 193-guruh Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi talabasi Ismoilov Ismoilning O’rta asrlar tarixi fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Kurs ishining ob’yekti va predmeti



Yüklə 323,7 Kb.
səhifə3/8
tarix14.04.2023
ölçüsü323,7 Kb.
#97893
1   2   3   4   5   6   7   8
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Kurs ishining ob’yekti va predmeti. Xisrav I Anushervon davrida Eron mavzusi bilan bog'liq tarixiy jarayonlar tadqiqotning predmetini tashkil qilsa, mavzuni o'rganishga xizmat qiluvchi arxeologik va yozma manbalar, tadqiqotchilarning asarlari obyektini tashkil qiladi.
Mavzuning nazariy asosi. Mavzuni o'rganish jarayonida unga haqqoniy, ilmiy tahlilga asoslangan qarash, xolislik, tarixiylik tamoyili, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yondashishga harakat qilindi. Masalani yoritishda manbashunos, tarixchi olimlarning tarixiy-ilmiy yutuqlari,qarashlari,ilgari surilgan g'oyalar va fikrlari nazariy- uslubiy asos bo'lib xizmat qildi.
Tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, asosiy qism, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati va ilovadan iborat.


I BOB. ERON SOSONIYLAR HUKUMRONLIGI DAVRIDA.
1.1.Eronda sosoniylar hukumronligining boshlanishi.
Sosoniylar davlati III asrning boshida o‘z davrining eng qudratli davlatlaridan sanalgan Parfiyaning parchalanishi natijasida tashkil topdi. Sosoniylar davlatining tarkibiga u eng kuchaygan paytda Eronning barcha hududlari, Mesopotamiya, hamda Hindistonga tutash sharqiy yassi tog‘li hududlar kirardi. Sosoniylar imperiyasining asosiy aholisi sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatning tog‘li tumanlarida ko‘chmanchi chorvadorlar yashab, ular chorvachilik bilan shug‘ullanardi. Davlatda mavjud bo‘lgan shaharlarning asosiy qismi mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan edi. Ularning eng kattasi, poytaxt Ktesifon shahri edi. Sosoniylar davlatida mavjud bo‘lgan shaharlar o‘z davrining yirik hunarmandchilik markazlari sanalgan. Shu boisdan ham ushbu shaharlarda yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari dunyoga mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, ajoyib gazlama va qurollar yuqori sifati bilan nom qozongan edi.
III asr boshida hozirgi Eron hududi Parfiya qo‘l ostida nomigagina birlashtirilgan edi. O‘zaro ichki kurashlar va Rim bilan urushlar mamlakatni kuchsizlantirdi. Eron yerlarini yangitdan birlashtirish Fors viloyatidan boshlandi. Forsdagi Darabgerd qal’asining hukmdori Ardasher (soson urug‘idan) bir necha hokimliklarni birlashtirib, Eronni janubiy yarmida boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.2
Sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki hukmdori Ardasherning bobosi Soson Fors davlati poytaxti-Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini bo‘lgan. 208-yilda Parfiya davlati ikki qismga bo‘linib ketadi. Keyinchalik yana bir necha mayda davlatlarga ajralib ketdi. Bundan Eronning janubi-g‘arbida joylashgan fors qabilalari foydalanib, Soson boshchiligida Istaxr shahrida hokimiyatni egallab oladilar. Ardasher I Parfiya podshosi Artabon V (209-224) ning vassali Darabgerd hokimi saroyida xizmat qilgan. Milodiy 200-yillarga kelib ushbu qal’a hokimi bo‘lgan. U tez orada butun Fors, Kirmon va Geyni o‘ziga tobe etgan hamda zodagonlar va ruhoniylar yordamiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-yilning 28-aprel kuni Ardasher Ormizdagon tekisligida Artabon V ni mag‘lub etdi. Ikki yil o‘tgandan so‘ng tantanali tarzda toj kiydi va shaxonshox unvoniga ega bo‘ldi. U o‘zining bosqinchilik siyosatida ruhoniylar va urug‘ zodagonlarining qo‘llab-quvvatlashidan keng foydalangan. U Midiya, Ozarbayjon, Siyeston, Xuroson, Marv vohasini o‘ziga buysundirdi. Natijada mamlakatning chegaralari shimolda Kaspiybo‘yi viloyatiga, janubda Fors ko‘rfaziga, sharqda Qobul daryosi vodiysiga borib yetdi. Frot daryosi bo‘ylarini egallanishi davlatni Rim bilan ham qo‘shni bo‘lib qolishiga olib keldi. Ardasher yangi davlatning poytaxtini Istaxr shahridan Dajla daryosining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan Ktesifonga ko‘chirdi. 230-yilda Ardasher I o‘z qo‘shinlari bilan Mesopotamiya va Kichik Osiyoga bostirib bordi. Bu joylar Rim saltanatiga qaram edi. 232-yili Rim imperatori Aleksandr Sever katta qo‘shin bilan Shimoliy Mesopotamiyaga yurish qiladi. Ardasher I qo‘shinlari Rim legionlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib bordi. Ardasher I Mesopotamiya va Armanistonga egalik qilish uchun Rim imperiyasi bilan Sharqda olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi kengayishi bilan tugadi.3
Yangi tashkil topgan podsholikda quldorlik tizimi inqirozi boshlanib, feodal munosabatlar jadallik bilan rivojlandi. V asrning oxiriga kelib feodal munosabatlarning belgilari yanada yorqin namoyon bo‘la boshladi.
Sosoniylar davlati tashkil topgan kundanoq faol tashqi siyosat olib bordi. Rim va uning vorisi Vizantiya bilan qarama-qarshilikka borishiga iqtisodiy omillar davlatni majbur etdi. Xususan, Sharq bilan G‘arbni bog‘lagan savdo yo‘llari ustidan hukmronlikka intilish uchun ikki tomon ham Kavkaz orti mamlakatlarini egallashga xarakat qildi4. Armaniston va Gruziyani (G‘arbiy Gruziya – Lazika, Sharqiy - Kartli) ni egallanishi Eronni Qora dengizga olib chiqdi. Ikki daryo oralig‘i va Armaniston uchun Rim bilan urushni Ardasher boshlab bergan, uning o‘g‘li Shopur I (241-272) davom ettirdi. U bir necha katta g‘alabalardan so‘ng Kichik Osiyoga kirib keldi, 256-yilda Antioxiya egallandi, 260-yilda Rim qo‘shini mag‘lubiyatga uchratildi. Naqshi Rustam bitiklarida bu jangda imperator Valerian asir tushganligi yozib qoldirilgan. Shopur I ning tashqi siyosatdagi faoliyati bu bilan cheklanib qolmadi. Uning qo‘shinlari 262-263-yillar davomida Suriya, Armaniston, Shimoliy Mesopotamiya hududlarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Shopur I sosoniy hukmdorlar orasida birinchilardan bo‘lib turon hududiga ham bosqinchilik yurishlarini uyushtirdi. Bu davrda mazkur hududda hukmronlik qilayotgan Kushon davlati tarkibida bo‘lgan Hirot, Seyiston, Marv, Girkaniya, Kushonshahr kabi viloyat va shaharlar sosoniylar tomonidan bosib olindi. Shuningdek, Shopur I mamlakatda bir qator islohotlarni ham amalga oshirdi. Qurilish ishlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi orqali irrigatsiya inshootlarining soni ortdi. Mamlakatda yangi shaharlar bunyod etildi.
Undan keyin hukmronlik qilgan sosoniy hukmdorlar tarixda sezilarli iz qoldira olmadi. Buni uning hukmronligidan keyin 20 yil davomida mamlakatni uch sosoniy hukmdor idora qilganligi ham tasdiqlaydi. Forslarga qarshi urushga o‘tgan rimliklar 283-yilda sosoniylarning poytaxtiga yaqinlashib qoladi. Poytaxtni egallashidan Imperatorning o‘limigina asrab qoldi. 298-yilda Nisibinda bo‘lgan jangda forslar yana mag‘lub bo‘ldi. O‘rtada imzolangan Nisibin tinchlik shartnomasiga ko‘ra Armaniston va Mesopotamiyaning shimoliy qismidagi beshta provinsiya Rimga berildi. Ikki davlat 40 yilga tinchlikka kelishib oldi.5
Rim-Eron urushlaridagi yangi bosqich Shopur II (309-379) davrida boshlandi. Shopur II sosoniylar davlatini eng uzoq vaqt idora qilgan hukmdor sifatida tarixda qolgan. Uning hukmronlik davri qaysidir jihatdan tinimsiz urushlar bilan o‘tdi. U g‘arbda Rim imperiyasiga qarshi kurash olib bordi. Uning mustaqil tarzda davlatni boshqarishininig dastlabki yillari zodagonlarga qarshi kurashish, keyingi yillari esa davlatni kengaytirish va chegaralarni mustahkamlash bilan o‘tdi. Shu maqsadda Fors ko‘rfazidagi urushqoq arab qabilalariga qarshi urush olib bordi va Baxrayinni egalladi.
Eron bilan Rimning aloqalari xristianlikninig tarqalishi bilan bog‘liq holda kechdi. IV asrning boshiga kelib bir qancha davlatlar (301-303-yillarda Armaniston, keyinroq Gruziya va Shimoliy Ozarbayjon) xristian dini bilan tanishdi va rasmiy dini sifatida qabul qildi. Armanistonda xristian dinini tarqalishi o‘z-o‘zidan uni Rimga qaram qilardi. Mamlakatdagi zodagonlar o‘rtasida bo‘linish bo‘ldi. Bir guruh zodagonlar Rimga qo‘shilish tarafdori bo‘lsa, boshqasi Eron bilan yaqinlashish tarafdori edi. 338-yilda Shopur II Rimga urush e’lon qildi va Armaniston va Shimoliy Mesopotamiyaga bostirib kirdi. Forslar g‘alabaga osonlik bilan erishdi. Birinchi g‘alabadan so‘ng Shopur o‘z qo‘shinini g‘arbdan olib mamlakatning shimoli-sharqiy chegaralariga tashladi. Bu yerda u xioniylardan mag‘lub bo‘ldi va ular bilan ittifoq tuzishga majbur bo‘ldi. 363-yilda Eronga qilgan omadsiz yurishida imperator Yulian vafot etdi. Uning o‘rniga saylangan imperator Eron uchun foydali bo‘lgan shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi. 387-yilda imzolangan yangi tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Armaniston va Gruziya ikki hududga bo‘lindi. Armanistonning g‘arbiy qismi imperator boshqaruviga, sharqiy (Persarmeniya-Forslar Armanistoni) qismi Eronga berildi. Lazika Rim imperatori boshqaruvi ostiga, Kartli Eron ixtiyoriga o‘tdi.6
Ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik aloqalari ikkita qisqa urushni e’tiborga olmaganda butun V asr davomida saqlanib qoldi. Shimoldan kirib kelgan ko‘chmanchi xalqlarning (xunlar) tazyiqi ikki mamlakatni ularga qarshi birlashishga majbur etdi. Ular birgalikda Kavkaz yo‘lini himoya qilishga kelishib olishdi. Unga ko‘ra Eron Kavkaz va Alan darvozasini mustahkamladi. Vizantiya qal’a qo‘shinlari sonini oshirib, mudofaani kuchaytirdi.
Shopur II ning o‘limidan so‘ng 20 yil davomida toju taxt kohinlar va zodagonlarning xohishiga ko‘ra bir necha shaxslar tomonidan boshqarildi. 399-yilda saroydagi o‘zaro urushlarga chek qo‘ygan Yazdigard I (399-420) taxtni egalladi. U sosoniy hukmdor Shopur III ning o‘g‘li bo‘lib, Baxrom IV (388-399) ning vafotidan so‘ng hokimiyatga keldi. Yazdigard I hukmronligining dastlabki davrda siyosiy vaziyat diniy masala bilan bog‘liq bo‘ldi. Aynan uning davridan boshlab zardushtiylik dini Sosoniylar imperiyasida keng yoyildi.7
Tashqi siyosatda Yazdigardning asosiy maqsadi Armaniston hududlarini bo‘ysundirishdan iborat edi. 414-yil Armaniston hukmdori Vramshapuxning vafot etishi bilan hokimiyat uning o‘g‘li Artashes qo‘liga o‘tdi. Shu davrdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Yazdigardning asosiy tayanchi xalqning boshqa tabaqalari-hunarmandlar, savdogarlar, xristianlarning ta’sirli shaxslari bo‘ldi. Yazdigard I Shopur II dan farqli ravishda Eronda xristian dinining tarqalishiga cheklovni bekor qildi, cherkovlar qurilishiga ruxsat berdi. Xristian diniga ta’qib Baxrom V Go‘r (421-438) (Uning sevgan mashg‘uloti go‘r (qulon) ovi bo‘lganligi uchun ham u tarixda Go‘r laqabini olgan) davrida qaytadan qo‘yildi. Baxrom yoshligida Yaman podshohi No‘mon va uning o‘g‘li Munzir tarbiyasida o‘sgan. Yazdigard zulmidan bezor bo‘lgan xalq u vafot etgandan so‘ng, Ardasher nasliga mansub Xusravni mamlakat taxtiga ko‘taradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik o‘rnatishga o‘z a’yonlari va xalq oldida qasamyod qiladi. An’anaviy shartga muvofiq ikkita sherni o‘ldirib, ular o‘rtasidagi tojni oladi va podshohlik taxtiga o‘tiradi. Aynan uning davrida Eronda juda ko‘p dehqonlarning ish hayvonlari, qurollari, urug‘lari yo‘q edi. Xonavayron bo‘lgan jamoa a’zolari yerlarni tashlab ketib, xazar qilinadigan hunarmandchilik va boshqa kasblar bilan mashg‘ul bo‘lganlar, ko‘pincha daydilarga aylanganlar. Viloyatlar hukmdorlari Baxromga juda ko‘p arznomalar bilan murojaat qildi, qishloqlar huvillagan, hayvonlar egasiz sang‘ib yurgan, dalalarni o‘t-o‘lanlar bosib ketgan. Dehqon xo‘jaligining bir qismi xonavayron bo‘lishi oqibatida mamlakat iqtisodiyoti zaiflashdi.
Uning davrida Eronda zardushtiylik dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar qurildi. Nestorianlik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq ta’qib ostiga olindi. Bu xarakat o‘z navbatida 423-424-yillarda Eron va Vizantiya o‘rtasida urushni keltirib chiqardi. Urushda Vizantiyaning g‘alabasi nestorianlikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz susaytirdi. Mamlakat ichki siyosatida mavjud aristokratiyaning mavqeyi o‘sib bordi. Ular mamlakat siyosiy hayotida hal qiluvchi o‘ringa erishdi. V asrning 30-yillarida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlati tarkibiga qo‘shib olindi. Uning davrida Eronga shimol va shimoli-sharqdan xalqlarning hujumi kuchaydi. Baxrom V Marvdagi jangda eftaliylarni yengdi va mamlakat chegarasini Amudaryogacha yetkazdi.
Yazdigard II ning hukmronlik yillari (438-457) Armanistonni qaytarish va u yerda zardushtiylikni mustahkamlash bilan o‘tdi. Muxtoriyat talab qilgan Armaniston isyon ko‘tardi. Arman hokimlari (naxarar) Vizantiyaning ko‘magisiz bu ishni amalga oshira olmas edi. 451-yildagi ularning qo‘zg‘oloni bostirildi. Ammo, Armanistonga muxtoriyat va xristian diniga e’tiqod qilish huquqi berildi. Eftaliylar bilan kurashlar davom etdi. Talekon va Balxdagi hal qiluvchi janglarda ular tor-mor keltirildi. Hukmdor u yerda Shaxriston-i-Yazdigard qal’asini bunyod etdi. Yazdigard II ning o‘limidan so‘ng ikki yillik o‘zaro urushlardan keyin, taxtga uning o‘g‘li Pero‘z (459-484) o‘tirdi. Uning davrida davlat og‘ir ahvolda qolgan edi. Ichki ahvolni tashqi dushman hujumi xavfi yanada og‘irlashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa ham shahanshoh chegara qo‘shinlarini mustahkamlashni va uchta qal’a qurishni buyurdi. U Marv vohasini egallab, Hirot ostonalariga kirib kelgan eftaliylarga qarshi uzoq jangga kirdi. Biroq asirga tushib qoladi. Sosoniylar Vizantiyaga yordam so‘rab murojaat qildi va eftallar Vizantiya uchun ham tahdid ekanini uqtirdi. Vizantiya hukmdori tovon to‘lab, Pero‘zni tutqinlikdan xalos etdi. Pero‘z eftaliylarga Tolqon chegara shahrini topshirishni va’da qildi, biroq o‘z va’dasini ustidan chiqmay, 481-yilda ikkinchi marta harbiy yurish uyushtirdi. Pero‘z bu safar ham mag‘lubiyatga uchradi va eftaliylarga o‘zining Kubod ismli go‘dak o‘g‘lini tutqun etib qoldirdi hamda ikki yil davomida katta tovon to‘lab turish majburiyatini oldi. 484-yili Pero‘z o‘zining uchinchi harbiy yurishini amalga oshiradi. Bu gal u o‘z qo‘shini bilan birga eftaliylar tayyorlagan maxsus tuzoq “bo‘ri o‘rasi”ga tushib qolib halok bo‘ladi. Eftaliylar Pero‘z qo‘shinini batamom tor-mor qilgach, Eron xalqi zimmasiga katta miqdorda o‘lpon to‘lash majburiyatini yuklatadilar hamda Marv shahrini ishg‘ol etadi. So‘ngra ular Qobul vodiysi va Panjobni egallab, Qoroshar, Kuchu, Qashqar va Xo‘tanni istilo qilishdi. Shu tariqa eftaliylar Markaziy Osiyo, Sharqiy Eron, Hindistonning Shimoliy qismi va Sharqiy Turkistonni o‘z ichiga olgan yagona qudratli davlat barpo etadi. Lekin, Sosoniylarning sharqiy chegaralaridagi vaziyat tinchib qolmadi. Aholi quyi qatlamining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Kavkaz ortida qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olonga Kartli podshosi Vaxtang Gargasal va arman yo‘lboshchisi Vagan Mamikonyan boshchilik qildi. Ular Pero‘zning vorislarini yon bosishga majbur qildi. Shahanshoh Valash (Balash) (484-488) Armaniston, Kartli va Albaniya zodagonlari bilan bu mamlakatlarga muxtoriyat berish va xristianlik (monofizit) diniga e’tiqod qilish hamda zodagonlarning huquqlarini tan olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Valashning xazinasi bo‘shab qolganligi uchun u qo‘shin to‘play olmadi. Hukmronligining katta qismini Valash boshqa bir kichik ukasi Zarex bilan o‘zaro kurashlarda o‘tkazdi. Oxir-oqibat u hukmronlikka qobiliyatsizligi uchun eftaliylar davlati tahdidi bilan taxtdan tushirildi. Valashning to‘rt yillik hukmronligidan so‘ng taxtni Pero‘zning o‘g‘li Kubod (Kavad) (488-531) egalladi. 8

Yüklə 323,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin