25
maqsadida ular o‗z xizmatlari uchun, ishchilar esa bajarilgan ishning sifati va
miqdori uchun adolatli tarzda haq olishlari zarur.
Bundan tashqari, mehmonxonalarda ma‘naviy rag‗batlantirish moddiy
rag‗batlantirishdan kam ahamiyatga ega emas. Rahbarning iqtidori, xodimlarning
tashabbus va yutuqlarini o‗z vaqtida ilg‗ab olib, munosib baholash hamda ularni ham
moddiy ham ma‘naviy rag‗batlantirish tizimini mohirona qo‗llashida ko‗zga
tashlanadi.
Tejamkorlik va samaradorlik tamoyili mehmonxona boshqaruvining barcha
bo‗g‗inlarida amalga oshirilishi lozim bo‗lgan tamoyil bo‗lib, uning mohiyati moddiy
va mehnat resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, eng kam xarajatlar bilan eng
ko‗p natijalarga erishish hamda ishlab chiqarish zahiralaridan to‗liq foydalanishda
ifodalanadi.
Tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat boshqaruvning muhim tamoyili bo‗lishi
bilan birga, mehmonxonaning bozor tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga
turtki bo‗ladi. Umuman olganda, boshqaruv tashabbuskorliksiz, istiqbolni
ko‗rmasdan va ijodiy yondashuvsiz muvaffaqiyatlarga erishishi amri mahol bo‗lib,
bunda boshqaruvning ijodiy negizi tashabbuskorlikni korporativlik bilan bog‗lagan
holda boyitadi.
Vakolat va majburiyat tamoyili mehmonxonada boshqaruvning ratsional, aniq
va yo‗lga qo‗yilgan tashkiliy tizimini yaratish, lavozimlarga oid yo‗riqnoma hamda
rahbar va mutaxassislarning huquq va burchlari to‗g‗risidagi hujjatlarni ishlab
chiqish, bajarilgan ish uchun moddiy javobgarlikni belgilash, buyruq va
ko‗rsatmalarni o‗z vaqtida tayyorlashni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: