24
mehonxonalarda boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir
daqiqalik foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo‗yiladi. U
xizmat ko‗rsatishning bir maromda amalga oshirilishini ta‘minlashga xizmat qiladi
va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
4.Markazlashgan demokratik tamoyil
Yakka boshqaruv va kollegiallik mehmonxonani boshqarishning muhim
tamoyillaridan biri bo‗lib, bu mehmonxona rahbarining o‗z vakolati doirasidagi
masalalarni hal qilishda qonun tomonidan berilgan huquqlarga asosan bir o‗zi qaror
qabul qilishi hamda mehmonxona faoliyati uchun shaxsan javobgarligini anglatadi.
Bundan tashqari, yakka boshqaruv xodim buyruqlarni faqat bitta bevosita rahbardan
olishini anglatadi.
Kollegiallik tamoyili mehmonxona jamoasi bilan bog‗liq bo‗lgan qarorlarni
qabul qilishdagi faol ishtiroki orqali ifodalanadi. Bu mehmonxonalarda
boshqaruvning iroda bilan bog‗liq bo‗lgan usullarida kollegiallik yakka boshqaruv
qarama-qarshilikni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ushbu tamoyilning
imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytirildi.
Dostları ilə paylaş: