93
ostidagilarning shaxsiy fazilatlari esa boshqariluvchi muhitning o‗zgarishiga qarab
o‗zgarishga moyildir.
Rahbarlik uslubini tanlash menejer o‗z oldiga qanday vazifa qo‗yishiga ko‗p
jihatdan bog‗liq:
boshqarish – rahbar qo‗l ostidagi xodimlariga aniq ko‗rsatmalar beradi va o‗z
topshiriqlarining bajarilishini diqqat bilan kuzatadi;
yo‗naltirish – menejer qo‗l ostidagi xodimlarni boshqaradi va topshiriqlarining
bajarilishini kuzatadi, biroq qarorlarni xodimlar bilan muhokama qiladi, ulardan takliflar
kiritishni so‗raydi va xodimlarining tashabbuslarini qo‗llab-quvvatlaydi;
qo‗llab-quvvatlash – menejer xodimlari topshiriqlarni bajarayotganida ularga
yordam ko‗rsatadi, to‗g‗ri qarorlar qabul qilish uchun javobgarlikni ular bilan baham
ko‗radi;
vakolatlarni o‗tkazish – menejer o‗z vakolatlarining bir qismini ijrochilarga
o‗tkazadi, muayyan qarorlar qabul qilish va korxona
maqsadlariga erishish uchun
javobgarlikni ularning zimmasiga yuklaydi.
Rahbarlik uslubi haqidagi masala birinchi marta K.Levin tomonidan ko‗rib
chiqilgan. U rahbarlikning avtoritar, demokratik va anarxik uslublarini qayd etadi.
Rahbarlik uslublarining quyidagi tasnifi zamirida mana shu yondashuv yotadi. Avtoritar
(avtokratik) uslubga hokimiyatning bir rahbar qo‗lida jamlanishi xosdir. Bunday rahbar
barcha ishlar yuzasidan faqat o‗ziga ma‘lumot berishni talab qiladi. Mazkur uslubga
ma‘muriyatchilikka tayanish, qo‗l ostidagilar bilan kam aloqa qilish xosdir. Bunday
menejer qarorlarni shaxsan o‗zi qabul qiladi (yoki bekor qiladi), qo‗l ostidagilar
tashabbus ko‗rsatishiga imkon bermaydi.
U doim buyruq, ko‗rsatma beradi, yo‗l-yo‗riq
ko‗rsatadi, lekin hech qachon iltimos qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar
rahbar boshqaruv faoliyatining asosiy mazmuni buyruq va ko‗rsatma berishdan iborat.
Avtokrat-rahbarga dogmatizm va bir qolipda fikrlash xosdir. Yangiliklarni u juda
ehtiyotkorlik bilan qabul qiladi yoki umuman qabul qilmaydi, chunki boshqaruv
faoliyatida u ayni bir usullardan foydalanadi. Bu holda butun hokimiyat avtokrat-rahbar
qo‗lida jamlanadi.
Rahbar o‗z fazilatlariga ko‗ra qo‗l ostidagi xodimlardan
pastda tursa yoki uning
qo‗l ostidagilar umumiy va kasbiy madaniyati darajasi haddan tashqari past bo‗lsa, u
avtokratga aylanadi. Mazkur rahbarlik uslubi qo‗l ostidagilarning tashabbusini
rag‗batlantirmaydi: aksincha, avtokrat tashabbus ko‗rsatgan xodimlarni ko‗pincha
jazolaydi, bu esa mehmonxonaning ish samaradorligini oshirish imkonini bermaydi.
Avtokrat rahbarning qo‗l ostida ishlash juda og‗ir, chunki «nomaqbul» xodimlarni
ishdan bo‗shatish uning boshqaruv faoliyati maqsadi hisoblanadi. Biron-bir xodim bilan
o‗rtada bahs chiqqudek bo‗lsa, avtokrat-rahbar ko‗pincha: «Siz bilan ishlab ketolmasak
kerak», degan so‗zlar bilan bahsga nuqta qo‗yadi. Tabiiyki, bunday sharoitda xodimlar
o‗z mehnatidan qanoatlanmaydi, chunki avtokrat rahbarning qo‗l ostidagi xodimlar o‗z
ijodiy imkoniyatlarini lozim darajada namoyon eta olmaydilar.
O‗z faoliyatida asosan demokratik rahbarlik uslubiga
tayanadigan menejer barcha
masalalarni mumkin qadar kollegial tarzda hal qilishga, jamoadagi ishlarning holati
haqida qo‗l ostidagilarga surunkali axborot berib borishga harakat qiladi, tanqidni ijobiy
qabul qiladi. Qo‗l ostidagilar bilan u juda yaxshi muomalada bo‗ladi, ular bilan muttasil
94
aloqa qiladi, boshqaruv funksiyalarining bir qismini boshqa mutaxassislarga o‗tkazadi,
odamlarga ishonadi. U talabchan, lekin odil rahbar. Mazkur boshqaruv uslubida
boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda jamoaning barcha a‘zolari ishtirok
etadi.
Liberal rahbarlik uslubiga tayanuvchi menejer jamoa ishlariga deyarli aralashmaydi,
xodimlarga to‗la erkinlik beriladi, shaxsiy va jamoaviy ijodiy mehnat bilan shug‗ullanish
uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bunday rahbar odatda qo‗l
ostidagilar bilan
xushmuomala, o‗zi ilgari qabul qilgan qarorni bekor qilishga tayyor bo‗ladi. Liberallar
tashabbussizligi, yuqori boshqaruv organlarining ko‗rsatmalarini ko‗r-ko‗rona bajarishi
bilan ajralib turadi. Jamoaga ta‘sir ko‗rsatishning turli-tuman usullari orasidan liberal
rahbar odatda iltimos qilish va ko‗ndirishni tanlaydi. Boshqaruv funksiyalarini
bajarishda u juda sustkash. Liberal rahbar jamoada nizo chiqishidan qo‗rqadi, qo‗l
ostidagilarning fikriga asosan qo‗shiladi. Odamlar bilan muomalada haddan tashqari
yumshoqlik unga jamoa obro‗sini
qozonishga halaqit beradi, chunki ayrim xodimlar
undan o‗ziga muayyan imtiyozlar berilishini talab qiladi, liberal rahbar esa ular bilan
orani sovitishni istamay, qo‗yilgan talablarni bajaradi. Liberal rahbarda yorqin
mehmonxonachilik qobiliyatiga ega bo‗lmaydi, qo‗l ostidagilarni
yaxshi nazorat
qilmaydi. Buning natijasi o‗laroq, uning boshqaruv faoliyati yaxshi samara bermaydi.
Boshqarish uslubi boshqaruv qarorlari qabul qilish texnologiyasida o‗z aksini topadi.
Xususan, menejer:
yakkaboshchilik asosida qarorlar qabul qiladi va ularni e‘lon qiladi («sof»
aktokrat);
muayyan qarorni qabul qilish zarurligini «singdiradi»;
o‗z fikrini bildiradi va savollar berishni taklif qiladi;
qarorning sinov namunasi (model) tarzidagi echimini taklif qiladi;
muammoning mohiyatini ochib beradi, ko‗rsatmalar beradi, takliflarni
baholaydi, qarorlar qabul qiladi («sof» demokrat);
cheklashlar belgilaydi va xodimlaridan qaror qabul qilishni so‗raydi;
qo‗l ostidagilarga to‗la erkinlik beradi («sof» liberal).
Yuqorida zikr etilgan rahbarlik uslublari sof holda juda kam uchraydi. Rahbarning
omilkorligi har bir uslubning afzalliklaridan foydalanish va uni vaziyatga qarab
qo‗llashda namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: