85
mehmonlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yaxshilash;
operatsion xarajatlarni oqilonalashtirish;
statistik va analitik funksiyalar.
Professional tizimlar zamirida ko‗plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish
tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan-yilga oshib bormoqda va yangi professional
ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‗lgan bir nechta professional
ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo‗jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‗pligiga
qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‗xshash. Barcha tizimlar
mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, ma‘muriy, tijorat,
muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturlar
paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‗zi funksional prinsipga ko‗ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish
dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‗yxatga olish,
joylashtirish, yashash va ko‗rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda yozish yo‗li
bilan mehmonlarning hisob varaqlarini yuritishni ta‘minlash imkonini beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‗limlarida mijozlarga
xizmatlar ko‗rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga mo‗ljallangan
dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va zallarning
yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab chiqarishda oziq-ovqat
mahsulotlari
mavjudligini
kuzatish,
oziq-ovqat
omboriga
talabnomalarni
rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining harakatini hisobga olish
va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyasiya qilish. Tizimlarning servis modullari
hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, operatsion, statistik va moliyaviy
hisobotlar tuzishga mo‗ljallangan. Kichiq mehmonxonalarda asosan Front offikeni
avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan soddalashtirilgan tizimlar qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: