27
ularni turistga sotishda darajasini belgilash bilan bog‗liq muammolar kelib chiqadi.
Turlar va xizmatlarning darajasini belgilash bo‗yicha bizning mamlakatimiz bozorlarida
ham xalqaro bozorda ham normativ standartlar mavjud emas. Shuning uchun turoperator
va turagentlar turni siljitish va sotishda shartli ravishda tur bo‗yicha
xizmatlarni lyuks,
birinchi klass, turistik klass, ekonom (iqtisod) klass qilib belgilanadi.
“Lyuks klass”.
Ushbu klass bo‗yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori
darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli
hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va
biznes aviatsiya samalyotlarida uchish, hashamatli
restoranlarda ovqatlanish, alohida
transport lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k.
Bunday turlar VIP-
xizmat ko‗rsatish turkumi (razryadi) bo‗yicha taqdim etiladi.
Birinchi klass
(daraja) – bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat ko‗rsatish bo‗lib,
4-5 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirish, biznes klass darajadagi samalyotlarda
uchishning obro‗li
restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini
nazarda to‗tadi.
Turistik
klass
2-3
yulduzli
mehmonxonalarda
joylashtirishni,
doimo
aviareyslarning
iqtisod klasslarida uchishni, shved stol tipi bo‗yicha ovqatlanishni,
guruhli transfertni nazarda to‗tuvchi eng ommalashgan xizmat ko‗rsatish turidir.
Iqtisod klassi.
Eng arzon xizmat ko‗rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan
talabalar va kam ta‘minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass
dasturlari yuqori darajada
bo‗lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko‗zda to‗tadi: 1-2 yuldzuli
mehmonxonada joylashtirish,
yotoqxonalarda joylashtirish, o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish
tamoyili bo‗yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda
joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, ko‗tib olish va kuzatish
jamoat transportida
amalga oshirilishi mumkin. Bir so‗z bilan aytganda hammasi tejamli va arzon.
Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi shartlidir va
ko‗pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima bo‗lganda ham
turni sotib olishda
har bir xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: