26
saqlanmasligi bozor kon‘yukturasini yaxshilab o‗rganishni, talab va taklifni
mo‗tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‗lmaganga qadar «omborlarda»
turib qoladigan mahsulot emas.
Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‗shimcha xizmatlar bilan
farqlanadi. Turistik korxonalar ko‗rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‗yidagilar kiradi:
Tashishni tashkil etish bo‗yicha xizmatlar;
Joylashtirish;
Turistlarni ovqatlantirish;
Turistik korxonalar ko‗rsatadigan qo‗shimcha xizmatlarga qo‗yidagilar kiradi :
Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‗yicha xizmatlar;
Turistlarni sug‗urtalash bo‗yicha xizmatlar;
Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari;
Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha -
mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‗yicha, hamda sayohat shartlarida ko‗zda
to‗tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar
bo‗yicha xizmatlar;
Texnikani ta‘mirlash bo‗yicha xizmatlar;
Prokat bo‗yicha xizmatlar;
Valyuta ayirboshlash;
Telefon xizmati;
Pochta xizmati;
Maishiy xizmat ko‗rsatish xizmatlari;
Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k.
Bunday bo‗linish iste‘mol hususiyatlari nuqtai nazaridan olib qaraganda, ahamiyatli
farqlar yo‗qligi sababli shartlidir. Yo‗llanmada qayd qilingan va asosiy dasturga kiritilgan
xizmatlar asosiy hisoblanadi. Qo‗shimcha xizmatlarni yetib kelgan joyida turistni o‗zi
mustaqil harid qiladi. Ular yo‗llanma narxiga kirmaydi.
Ko‗pgina holatlarda turistik asosiy xizmatlarga transport xizmatlari, joylashish va
ovqatlantirish xizmatlaridan tashkil topadi. Ammo, tanishuv (ekskursion), malakaviy ish
turizmi, sport, diniy maqsadlarda sayohatlar tashkil etilganda qo‗shimcha xizmatlar ham
ushbu turlarning asosini tashkil etadi. Asosiy va qo‗shimcha xizmatlar o‗rtasidagi farq,
ularni dastlabki harid qilingan yo‗llanma paketiga kiritilgan xizmatlardan tashkil topadi.
Turistlarga nomoddiy xizmatlardan tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar
taqdim etilishi mumkin, masalan shahar rejasi, metro haritasi, suvenirlar, turistik jihozlar.
Shunday qilib O‗zbekistonda turizm bozorini o‗rganish va rivojlantirish
jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qo‗yidagi uchta jihatlarni
hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda:
dam olish va ko‗ngil ochar faoliyat sifatida;
bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes sifatida;
turizm bozoriga yo‗naltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish
tarmog‗i korxonasining faoliyati sifatida.
Dostları ilə paylaş: