28
2) inklyuziv turlar sotilishi.
Buyurtmali tur.
Buyurtmali turlarning sotishda
dasturni shakllantirish va
xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist hohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga
oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har
biri bo‗yicha turli xizmat ko‗rsatish variantlari taklif etiladi:
joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‗yicha
turli xil mehmonxonalar;
ovqatlanish-turli variantlar (to‗liq yoki to‗liq yarim pansion, yoki umuman
ovqatlanishsiz) shved stoli yoki ―alya kort‖ va x.k.;
ekskursiyalar, harid-ko‗ngilochar xizmatlar;
transport xizmatlari –
aviauchish variantlari, temiryo‗l tashuvlar, avtomobil
ijarasi va h.k. variantlari;
sport va
davolanish kurort xizmatlari;
viza xizmatlari, shuningdek sug‗urta xizmatlari.
Yuqorida aytilganidek bunday turlarni tuzishda turistning o‗zi bevosita ishtirok
etadi. Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturiga shakllantirladi. Narx hisoblanadi,
uni turist turpaketga ega bo‗lgach to‗laydi. Odatda bunday buyurmalar agentliklarda
shakllantiriladi va so‗ng joriy uchun turoperatorga yo‗naltiriladi. Buyurtmalarning tez va
sifati ajralishini ta‘minlash uchun bugungi kunda xalqaro
turizmda turagentliklar va
operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va
turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter
va telefaks aloqasidan keng
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: