turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
4.4.Xizmat ko„rsatish dasturi. Xizmat ko‗rsatish dasturi-turistlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga
taqdim etiladigan xizmatlar to‗plamidir. Bu xizmatlar puli oldindan to‗langan va turni
o‗tkazish vaqti bo‗yicha taqsimlangan bo‗ladi.
Xizmat ko‗rsatish dasturini tuzishda odatda qo‗yidagi yondashuvdan
foydalaniladi:
1.Turoperator va turagent o‗rtasida shartnoma tuzishda xizmat ko‗rsatish dasturi
konkret xizmat ko‗rsatish kunlariga taqsimlanmasdan tuziladi, kelishiladi va tasdiqlanadi.
Xizmat ko‗rsatishning konkret kunlariga taqsimlanmasligiga sabab muzeylar,
ekskursion maskanlar, turistlarni qiziqtiruvchi spektakl va konsertlarning vaqtini
oldindan bilishning iloji yo‗q.
Masalan: tomonlar 6 kunlik inklyuziv turning dasturini kelishib olishda qo‗yidagi
dastur tasdiqlandi:
turistik klassidagi mehmonxonalarning 2-3 o‗rinli xonalarida joylashtirish;
restornda ovqatlanish – to‗liq pansion;
ekskursiyalar: Samarqandni ko‗zdan kechirish (avto), Registon ansambli
(piyoda)-tarixiy obidalar bo‗ylab (piyoda)-shahar muzeylari (piyoda);
qo‗shimcha tadbirlar: teatrga tashrif (31 kishi);
Turistlar transferti – aeroportda ko‗tib olish va kuzatish.
Ushbu dastur hamkor firmalar o‗rtasidagi shartnomaga qo‗shiladi yoki turni
individual sotishda buyurtma (band qilish varaqasi) shaklida rasmiylashtiriladi.
2. Tashrifdan taxminan 3 kun oldin tomonlar qo‗shimcha ravishda faks orqali
konkret tayyor xizmat ko‗rsatish dasturini kelishib olishadi. Individual turist bunday
dasturni yo‗llanma yoki vaucherni agentlikdan olishda qo‗lga kiritadi.
Xizmat ko‗rsatish darajasi turistik xizmatlar tashkil etuvchilariga bog‗liq:
joylashtirish, ovqatlanish, ekskursion va transport xizmatlariga dam olish tadbirlari, tur
tarkibi va ularning sayohat maqsadiga to‗liq mos kelishiga bog‗liq.
Maqsadga muvofiq keluvchi xizmat ko‗rsatish dasturlariga misollar: