44
Yirik mehmonxona komplekslari yagona bron qilish tizimlariga ulanadilar. Ularga
Sabre, Galileo, Amadeus, Vorldspan kabilar kiradi. Bu bron qilish tizimlari ikki asosiy
vazifani bajaradi:
- mehmonxonalarda nomerlarni band qilish;
- chiptalarni poyezd, teploxod va boshqalar narxlarida bron qilish.
Qo‗shimcha va yordamchi xizmatlar bo‗limi ba‘zi hollarda o‗z ekskurssion
byurosiga, o‗z xo‗jaligiga, ish, kongress va biznes turlarni ta‘minlash bo‗yicha
maxsus
byurolarga, gid-tarjimonlar, ta‘minlangan konferens-zal, kabinet, orgtexnika kabilarga
ega bo‗lishi mumkin. Shuningdek bu xizmat tarkibiga quyidagilar ham kiradi:
- sartaroshxona
va kosmetik salonlar;
- kir yuvish xizmati;
- atele, tikish va oyoq kiyim ustaxonasi;
- maishiy xizmatlar ustaxonalari;
- bolalarga qarash xizmati;
- tibbiy xizmatlar bo‗limi;
- kimyoviy tozalash;
-ijara xizmati;
- boshqa xizmatlar.
Dostları ilə paylaş: