O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari. 
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi - aniq bir mehmonxona va nomerlarning xizmat 
ko‗rsatish kriteriylari va standartlariga mos kelishini aniqlashdir. Har bir davlatda qabul 
qilingan klassifikatsiya standartlarning sifat parametri hisoblanadi va bu uning nufuziga, 
shakllanishiga, mijozlariga, xizmatlar narxiga ta‘sir qiladi. 
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi xalqaro va milliy darajalarda, shuningdek, 
mehmonxonalar zanjiri, uyushmalari, ittifoqlari darajasida tartibga solib turiladi. Hozirda 
30 dan ortiq klassifikatsiyasi mavjud bo‗lib, ulardan nisbatan keng tarqalganlari 
quyidagilar: 
-yulduzlar tizimi (1dan 5gacha); 
-harflar tizimi(A,V,S,D); 
- "tojlar" yoki kalitlar tizimi; 
- ball tizimi; 
- razryadlar tizimi va boshqalar; 
Dunyoda yagona tizimning yuzaga kelishi uchun davlatlarning milliy an‘analari, 
madaniy-tarixiy farqlar, sifat kriteriylari to‗siq bo‗ladi. Hozirda O‗zbekistonda 
mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimi 1 dan 5 yulduzgacha bo‗lgan standart joriy 
qilingan. 
Har bir yulduz kategoriyasi quyidagilar bo‗yicha ma‘lum standartlar talablariga 
javob berishi lozim: 
- binolar, inshootlar
- mehmonxona nomerlari; 
- hayot xavfsizligini ta‘minlash tizimi; 
- qulaylik darajasi; 
- asosiy, qo‗shimcha va yordamchi xizmatlar; 
- personallar malakasi va boshqalar. 
 
Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy 
belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlar 


45 
turlarini taqdim etadi. Har kuni to‗shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya 
uzellarini yig‗ishtirish, shuningdek, qo‗shimcha va yo‗l-yo‗lakay talab qilinadigan 
xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona 
xo‗jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib 
chiqilib otellarni guruhlarga bo‗lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‗rsatish 
standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya 
natiajalari bo‗yicha har bir mehmonxonaga razryad berildi. Bu uning binosi sifat va son 
xususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta‘minoti, shuningdek 
shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo‗shimcha va yo‗l-yo‗lakay xizmatlari, 
xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog‗liqdir. Razryadga ega bo‗lish otel 
narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga 
turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo‗lishga ko‗maklashadi. Mehmonxonaning 
sifati, xizmat ko‗rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‗rish, tunash uchun qulay joy 
tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq 
miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida 
narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi. 
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi butun 
jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‗pchilik Yevropa mamlakatlarida bunday turdagi 
klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispaniyada mahalliy) ishiga kiradi 
va maxsus qonunchilik aktlarini ko‗rib chiqish predmeti bo‗lib hisoblanadi. Boshqa 
mamlakatlar (jumladan Shveysariya)da ular rasmiy harakterga ega emas, balki 
mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib olinadi. Bundan tashqari 
ko‗pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va ittifoqlar o‗z klassifikatsiyalariga 
ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‗p. Shu jumladan, yulduzlar tizimi (birdan 
beshgacha), harflar tizimi (A-V-S-O), «toj» yoki «kalitlar», ballar va boshqalar. Ularni 
faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, balki xizmat ko‗rsatish standartlari bilan 
ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning tarixiy madaniy xususiyatlaridan kelib chiqadi va 
milliy an‘analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‗liqdir. 
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 70-90 % 
yuklanishni ta‘minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab va servis 
darajasini belgilaydilar. 
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa 
binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi uchun jihozlangan 
binolar borligi, ularga xizmat ko‗rsatish qanday yo‗lga qo‗yilganiga qarab otellar yulduzli
klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona korxonalarini yulduz bilan 
ajratish eng ko‗p tarqalgan lekin u ham universal emas. Misol uchun, Ispaniyada birdan 
besh yulduzagacha mehmonxona kategoriyalari belgilangan bo‗lib, unda xizmat 
ko‗rsatishning yuqori sifatlisi alohida ajratilgan. Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada 
ham amal qilinadi: yulduzsiz, birdan to‗rt yulduzgacha va to‗rt yulduz «lyuks». 
Vengriyada otellar esa besh razryadga ega bo‗lib u birdan besh yulduzgachadir. 
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning ekspluatatsiya 
holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar klassifikatsiyasi 
harakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi tashkil etilsa, 
joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‗ladi. 
Mehmonxonalar 
o‗rtasida 
jihozlanishi 
va 
ko‗rsatayotgan 
xizmatlari 
xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. Ya‘ni ular apart-otel 
(kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan birga va 
boshqalar. 


46 
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort) klass 
otellar tarmog‗i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‗oq bo‗ylarida 
joylashgan. Tropik bog‗lar va parklar ko‗rinishidagi yam-yashil daraxtlarga burkangan 
«risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi otellarga tijorat xizmat 
«hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi. 
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish 
(«shved dasturxoni»), ko‗ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek 
samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va uncha qimmat 
bo‗lmagan dam olish a‘lo darajada transport xizmati ko‗rsatish bilan uyg‗unlashib 
ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. Shuningdek boshqa 
qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‗rta xol sayyohlar uchun yanada 
jozibador qiladi. 
Mulkchilikka munosabat o‗zgarishi kondominium tizimida o‗z aksini topgan. 
Ya‘ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‗arbda keng tarqalgan va 
mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‗rinishida kirib kelgan. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin