4
KIRISH
Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‗rsatuvchi
sohalarning o‗rni va roli g‗oyat sezilarli bo‗lib, bunda
turizmning ahamiyati boshqa
xizmat ko‗rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur‘atlar darajasida rivojlanishi bilan
belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‗zbekistonda
turizmni rivojlantirish
bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarga katta e‘tibor berilib, uning turistik salohiyatidan
samarali foydalanish yo‗llari shakllanmokda.
Buni
shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va
takomillashtirishga qaratilgan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir
qancha
farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta‘minlashga bag‗ishlangan
qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O‗zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda
xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko‗rsatish,
servis va
turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo‗yicha aniq dasturlari
ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko‗rinib
turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan
sub‘ektlar soni keskin o‗sadi, ular ko‗rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga
mos ravishda oshadi.
Ma‘lumki, turistik xizmat ko‗rsatish va tashkil etishda
turoperatorlik xizmatlari
asosiy o‗rinda turadi. "Turizm to‗g‗risida"gi qonun bo‗yicha o‗z turistik mahsulotini
shakllantiradigan va unga o‗z yo‗llanmasini chiqaradigan
turistik tashkilotgina
turoperator hisoblanadi.
Ta‘lim
yo‗nalishining o‗quv rejasiga «Turizm operatorlik xizmatini
tashkillashtirishning asoslari» fani kiritilgan bo‗lib,
mazkur fanda turoperatorlik
faoliyatining asosiy mazmuni o‗rgatiladi. Mazkur yaratilgan o‘quv qo‘llanma birinchi
galda turizm yo‗nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‗ljallangan bo‗lib,
bu fan
bo‗yicha o‗zbek tilida yaratilgan birinchi adabiyotlardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: