8
sub‘ektidir. Bu turoperator faoliyati yordamida vakolat imtiyoziga
ega haridor agentlari
nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari harid etish, bronlash, o‗zlashtirish,
turpaketlar hozirlash demakdir. Operator shunday qilib, sayohatni murakkab tizimini
inobatga olgan holda uni iste‘molchi bilan bog‗lovchi, turizm industriyasidagi
suptuzilmani va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador, to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xizmatlar ijrochisi (mehmonxonalar,
tashuvchilar, ekskursiya firmalari, sug‗urta
kompaniyalari, banklar va b.) maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchidir
(transferlar, ekskursiya dasturlari va b.).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi kelajakdagi
sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg‗unlashtirish, xizmat arzlariga munosib
ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq
rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo‗l qo‗yilmaydigan xizmat
turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish
malakali va tajribali
turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi.
Turizm xizmat bozorida turoperator bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan,
narxni shakllantirish
funksiyasi turoperatorlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Har bir
turoperatorning imkoniyati narxni shakllanishiga ko‗ra bir xil emas. U o‗z ob‘ektiv va
sub‘ektiv omillariga ega. Eng avvalo bu turoperator ishining hajmiga bog‗liq. Doimiy
ravishda turistlarni kutib olish, kuzatish xizmatlari, o‗z
navbatida xususiy charter
reyslarini tashkil etishni taqozo etadi, bunday holat esa pirovardida dam olish
markazlarida xususiy vakilliklarini ochish, mehmonxona korxonalariga o‗z ta‘sirini
o‗tkazishga olib keladi. Ta‘kid etilgan omillar turistik xizmatlarni narxiga bevosita ta‘sir
etadi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, yirik turistik operatorlar har qanday sharoitda ham turizm
bozorida baholarni belgilanishida korcholonlik rolini o‗ynaydilar.
Bu bozor
segmentlarida, VIP – turlarda, ommaviy va yangi raqobatda, narx sharoitlarida yaqqol
namoyon bo‗ladi.
Siljitish funksiyasi,
ya‘ni turizm mahsuloti turoperatorning
marketing faoliyatini
belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Turloyihani maksimal rentabilligini
ta‘minlash uchun xususan, yangi yoki modifikatsiyalangan turoperator barcha
ma‘lumotlarni har qanday turini yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut,
transfer mablag‗larini taklif etilish,
joylashtirish, bo‗sh vaqtlarni o‗tkazish, narx
diapozoni taklifi, reklamalar).
Axborotlashtirish funksiyasi
zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol tutilgan
dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida (masalan, sayohatlarni farqli
xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq chiqarish, turistik imkoniyatlari
xususiyati, madaniyat va
mahalliy aholining vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar,
kirim-chiqim hujjatlarining rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki
umuman noma‘lum xabarlar jarayonida namoyon bo‗ladi. Bir butun ko‗rinishda turistik
ma‘lumotlarni ommaboplashtirish yoki alohida olingan turlari bo‗yicha turbiznes
mutaxasislari o‗rtasida keng targ‗ibot qilish mumkin,
shuningdek, turizmga bevosita
ishtirok etuvchilar ya‘ni katalog, buklet, reklama vositalari va iste‘mol omillarini
rasmiylashtiruvchi muhitda info sayohatlarni turizm industriyasi ishchilari uchun
tashkillashtirishda moslashtirish maqsadga muofiqdir.
Turoperatorning
Dostları ilə paylaş: