Ish bilan bandlikning nisbatan yaxshi statistikasi - bu muz
qoyaning yuqori qismidir, xolos. Har oyda minglab korxonalar to’liq yoki
qisman ishlashdan to’xtaydi. Ularning aksariyat ko’pchilik qismi tez orada
ishini qayta boshlay olmaydi, qiyinchiliklar obyektiv xarakterdir.
Ko’pincha ishlab turgan korxonalarning moliyaviy ahvoli ularga ish bilan
band bo’lganlarning oldingi sonida saqlab qolish imkonini bermaydi.
Keyingi vaqtgacha iqtisodiyotning norasmiy sektori - ro’yxatga olinmagan
ko’chadagi savdoda, ulgurji vositachilik operatsiyalarida, xizmat sohasida
va boshqalarda ish bilan band bo’lgan fuqarolar ish bilan bandlikni
qisqartirishning ma’lum amortizatori bo’lib kelgan. Ammo hozirgi kunda
bu sektor to’yingan va qo’shimcha xodimlarni qamrab olishga qodir emas.
yashirin ishsizlik muqarrar tarzda oshkora shaklga kirishi kerak.
Bunday vaziyatda hal qilinishni talab etadigan eng muhim masala
ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegarasini aniqlashdir.
Ishsizlikning, masalan, Ispaniya bardosh berishi mumkin bo’lgan darajasi
(24%) bizga to’g’ri kelmaydi, biz 20 %ga ham dosh berolmaymiz. 10-
12%dan oshmaydigan ishsizlikka dosh berish mumkin bo’lar. Bu erda
mehnat bozori o’ziga xosliklarga ega. Ishchi kuchi qator omillar:
mentalitetning xususiyatlari, turarjoy bozorining yo’qligi, ro’yxatga olish
tartibotining saqlanganligi va boshqalar tufayli o’troqligi bilan ajralib
turadi. Ishchi kuchining sarmoya ketidan harakatlanishga qodir emasligi
iqtiso-diyotimizning tarkibiy xususiyatlari bilan qo’shilib, bandlik
muammolariga aniq ifodalangan mintaqaviy xarakterni kasb etadi.
Bugungi kunda ish bilan bandlik qator omillar ta’sirida shakllanadi:
93
1. Qayta qurish jarayonlari keltirib chiqargan iqtisodiyotdagi global
tuzilmaviy o’zgarishlar, ya’ni:
— davlat sektori transformatsiyasi;
— davlat korxonalarini xususiylashtirish;
— xo’jalik yuritishning yangi shakl va turlarini rivojlantirish
(kooperatsiya, ijaradagi korxonalar va boshqa mehnat jamoalari);
— zarar keltiradigan, ekologik zararli korxonalarni tugatish;
— respublika vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlarining
boshqaruv apparatini qisqartirish.
2. Ishlab chiqarish sohasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar:
— xom ashyo, materiallarni etkazib berish va moliyalashning
kamayishi munosabati bilan ishlab chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining
kamayishi;
— bozorga o’tish oqibati sifatida korxonalarda mehnatni tashkil
etish va unga haq to’lashning takomillashtirilishi;
— korxonalar boshqaruv tuzilmalarining takomillashtirilishi.
3. Iste’mol savatining qimmatlashuvi oqibati sifatida aholi turmush
darajasi, uning daromadlari va iste’moli darajasidagi o’zgarishlarda
namoyon bo’ladigan iqtisodiy omillar.
4. Omillarning ijtimoiy-demografik guruhi:
— mehnatga layoqatli aholi soni;
— tabiiy o’sish va o’lish miqdori (ayniqsa, mehnatga layoqatli
yoshda);
— migratsiya jarayonlarini faollashtirish;
— kadrlar qo’nimsizligining keskinlashuvi.
Ish bilan bandlikning hozirgi holati ko’p jihatdan mehnat va
ijtimoiy siyosat sohasidagi o’zgarishlarga bog’liqdir. Hozirgi kundagi ish
bilan bandlik xarakteri mehnatga layoqatli aholining davlat xo’jaligiga
asossiz yuqori darajada jalb qilinganligi bilan farqlanadi. Bu ko’p jihatdan
ish joylari bilan ijtimoiy-demografik omillar ta’sirida shakllanadigan
mehnat resurslari miqdori o’rtasida miqdoriy muvozanatsizlik va aholining
tabiiy hamda migratsion harakati jarayonlarida farqlar borligiga bog’liqdir.
Hozirgi vaziyatning o’ziga xosligi mehnatga layoqatli yoshdagi
aholini o’sish sur’atidagi sezilarli darajadagi notekislikda hamda mehnat
resurslari sonining o’sishi bilan ijtimoiy xo’jalikdagi ish bilan bandlikning
mumkin bo’lgan dinamikasi o’rtasida ancha qat’iyroq bog’liqlik
borligidadir. Aholi tabiiy harakatining mehnat resurslari tarkibiga ta’siri
kuchayadi. Shuni aytish kerakki, mehnatga layoqatli yoshga kirib
kelayotgan yoshlarning katta qismi mehnatga layoqatli aholini
94
kengaytirilgan qayta tiklashni emas, balki tabiiy kamayishning
qoplanishini ta’minlaydi, ya’ni mehnat resurslari sifat tarkibining keskin
o’zgarishiga olib keladigan avlodlarning jadal almashinuvi sodir bo’ladi.
Shu bilan birga kelgusida xodimlar ommaviy ishdan ozod qilingan
sharoitda ish bilan bandlikdagi vaziyat mehnatga layoqatli aholi
ko’payishining sezilarli ortishi tufayli murakkablashishi mumkin.
Davlat korxonalaridagi ish haqi darajasining narxlar inflyatsion
o’sishidan ortda qolib borishiga ko’ra yoshi mehnatga layoqatli aholi
uchun mehnat tartibiga nisbatan katta majburiylik xos bo’lgan (konveyer
tizimi, ko’p dastgohlilik va boshqalar, tor mutaxassislilik, og’ir va zararli
mehnat sharoitlari), ish haqi bilan qoplanmaydigan ish joylari e’tiborsiz
bo’lib boradi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish hamda
iqtisodiyotni ijtimoiy yo’naltirilganlik darajasi milliy iqtisodiyotda ish
bilan band bo’lganlarning tarkib topgan tarmoq va kasb tuzilmasini
yaxshiroq ifoda etadi.
70-yillarda tarkib topgan ish bilan bandlikning tarmoq tuzilmasi
kam dinamik bo’lib, bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq kelmaydi,
chunki ishchi kuchini ilmiy-texnik taraqqiyot talabi darajasida qayta
tiklashga qodir emas, inson ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilmagan.
Ish bilan bandlik sohasidagi vaziyatning o’ziga xos xususiyati
quyidagilardir:
— noishlab chiqarish sohasidagi bandlikning o’ta past darajasi
(ishlovchilarning aksariyat ko’pchilik qismi moddiy ishlab chiqarish
sohasida mehnat qiladi);
— kishloq xo’jaligi va sanoatda ish bilan bandlik darajasining
nisbatan yuqoriligi.
Ish bilan bandlik tarmoq tuzilmasida ilgari mavjud bo’lgan ijodiy
siljishlar sekinlashdi va inson uchun ishlaydigan bir qator yirik
tarmoqlarda (savdo, umumiy ovqatlanish va boshqalar) qisqarish
tendentsiyasi ko’zga tashlanadi.
Ish bilan bandlikning yuzaga kelgan kasb turini industrial deb
hisoblash mumkin. U mehnat faoliyati moddiy ishlab chiqarish bilan
bog’liq bo’lgan xodimlar kasbiy tuzilmasining ustuvorliligi bilan
ifodalanadi,
bunda
insonning
ijtimoiy
ehtiyojlarini
qondirishga
yo’naltirilgan mehnat turlari kamchilikni tashkil qiladi, jismoniy
mehnatning ulushi katta.
Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishdagi uzoq muddatli ustuvor ish
bilan band bo’lganlar kasb tarkibini shu tarmoqlar ehtiyojiga ko’ra
shakllanishiga olib keladi. SHuning uchun xalq xo’jaligi xodimlari
95
tarkibida muhandislik kasbidagi mutaxassislar, ishchilar orasida esa —
an’anaviy kasblar vakillari ustuvordir: malakasi past va malakasiz kadrlar
hissasi katta. Xizmat sohasidagi kasb tarkibi ham bir tomonlamadir,
chunki bu tarmoqlarni rivojlantirish ularni oliy ma’lumotli mutaxassislar
bilan boyitish bilan bog’lanib, o’rta bo’g’in — o’rta o’quv yurtlarining
etishmasligi va ish haqining darajasi pastligi tufayli ular etarlicha
rivojlanmagan. Iqtisodiyotni rivojlantirishning ekstensiv yo’li mehnatga
layoqatli aholi umumiy vaqt byudjetini uning ijtimoiy xo’jalikdagi ish
bilan bandligi foydasiga muntazam qayta taqsimlanishini taqozo etdi.
Aholi turmush faoliyatida professional mehnatning o’rni ijtimoiy foydali
faoliyatning boshqa ijtimoiy muhim sohalari (o’qish, uy xo’jaligi va
boshq.) zarariga juda kattalashib ketdi. Aholining deyarli barcha ijtimoiy-
demografik guruhlari zimmasidagi haddan tashqari ortiqcha vazifa aholini
qayta tiklash asosiga putur etkazadi, kadrlar professional tuzilmasini sifatli
o’zgartirishni sekinlashtiradi, chunki mehnatga kam haq to’lanadigan
sharoitda aholining mehnatga bo’lgan ehtiyoji mavjud tarmoq va
professional tuzilmani barqarorlashtiradi.
Turmush darajasining pasayishi aholini qo’shimcha mablag’
manbalarini izlashga undaydi. Aholining yangidan-yangi kontingenti
(ayollar, pensionerlar va hatto bolalar)da ish joylariga ehtiyoj ortib boradi,
ikki yoki undan ortiqcha ishda ishlash o’sib boradi. Ayni bir vaqtda turli
sabablarga ko’ra xodimlarni ishlab turgan korxonalardan bo’shatish hollari
faollashadi, ammo bu qoidaga ko’ra, o’z mehnatini intensifikatsiyalash
imkoniyati pasaygan, malakasi kam xodimlarga tegishli bo’ladi. SHunga
ko’ra yosh bolali ayollarga, mehnat faoliyatini boshlayotgan yoshlarga,
pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlarga, shuningdek, mehnat layoqati
past bo’lganlar (nogironlar, pensionerlar) va ijtimoiy maqomi beqaror
bo’lganlarga (sobiq qamalganlar, mehnat intizomini buzganlar va shu
kabilarga) mehnat qilish huquqini amalga oshirishlari qiyin bo’ladi. Ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi oldingi kamchiliklar natijasi sifatida
hududlar bo’yicha ish bilan bandlik sohasida nomutanosiblik kuchayadi.
Taklif etilgan ko’rsatkichlar tizimi ish bilan bandlikning eng muhim
xususiyatlariga uning samaradorligi nuqtai nazaridan yiriklashgan holda
makro darajada baho berishga imkon tug’diradi. Bunday baho berishlar
faqat mavjud muammolarni aniqlash uchun emas, balki ish bilan bandlik
sohasidagi ortib borayotgan qonuniy tamoyillarni aniqlash uchun ham
muhimdir. Bundan tashqari, ko’rsatkichlar mazmunining tasdiqlashicha,
ish bilan bandlik faqat iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lib qolmay, shu bilan
birga yaqqol ifodalangan ijtimoiy mazmunga ham egadir.
|