O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Birinchi guruhga iqtisodiyotning davlat sektorida band bo’lgan 
kooperativ, aktsiyadorlar jamiyatlarida, xususiy sektorda ishlaydigan 
fuqarolar kiradi. Ikkinchi guruhga ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
ta’lim oladigan o’quvchilar, respublika qurolli kuchlarining xizmatchilari 
kiradi.
Shunday qilib, band aholiga yollanib ishlaydigan fuqarolar, shu 
jumladan, to’liq yoki noto’liq ish kuni (hafta) mobaynida haq olib ish 
bajaradigan, shuningdek, tegishli shartnoma, bitim bilan tasdiqlangan haq 
to’lanuvchi ishga ega bo’lgan kasalligi, ta’tilga chiqqanligi munosabati 
bilan ishda bo’lmagan fuqarolar kiradi. O’zini mustaqil ravishda ish bilan 
ta’minlaydigan shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlar va fermerlar, harbiy 
qismlardagi qo’shin turlarida xizmat qilayotgan shaxslar, o’quvchilar ham 
ish bilan band kishilar jumlasiga kiradi.
Ish izlayotgan, ishini o’zgartirayotgan, vaqtincha ishlamayotgan 
aholi va ishdan ajralgan holda o’qimayotgan, ishning mavsumiy ekanligi 
tufayli vaqtincha ishlamayotgan aholi iqtisodiy faol ish bilan band 
bo’lmagan aholiga mansubdir. Ishsiz maqomiga ega bo’lgan shaxslar ham 
iqtisodiy faol ish bilan band bo’lmagan aholi jumlasiga kiradi.
Ish bilan bandlik munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy 
jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. Ish bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni 
xodimning o’z mehnati bilan o’ziga munosib hayot kechirishni ta’minlash 
va ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga erishish 
imkoniyati bilan ijtimoiy mazmuni shaxsni shakllantirish va rivojlantirish 
bilan ifodalanadi.
Ish bilan bandlik samaradorligi. Shaxsning arzirli daromad 
olishini, sog’lig’ini yuksaltirishni, jamiyatning har bir a’zosi uchun 
ijtimoiy ishlab chiqarishning usuli asosida ma’lumot va kasb darajasini 


91 
oshirishni ta’minlaydigan ish bilan bandlikni aholining samarador bandligi 
deb hisoblash mumkin.
Ishsizlikka real baho berish va uni o’lchash Xalqaro Mehnat 
Tashkilotining 
(XMT) 
tavsiyalariga 
muvofiq 
hamda 
mehnat 
munosabatlarining qaror topgan tajribasini hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. O’zbekistonda ishsizlarga 16 va undan katta yoshdagi kishilar 
kiradi, ular ana shu qarab chiqilayotgan davrda ishga yoki boshqa 
daromadli mashg’ulotga ega bo’lmaydilar, o’zlari mustaqil yoki 
kimningdir vositachiligida ish qidirayotgan bo’ladilar va ishga kirishga 
tayyor turadilar.
Ishsizlikning yashirin turlari va ish bilan norasmiy bandlikning 
asosiy xavfi oshkora ishsizlikka o’tish imkoniyatidan tashqari, mehnat 
axloqining buzilishi, ishchi kuchining malakadan mahrum bo’lishi, kasbga 
bo’lgan qiziqish va ko’nikmalarni yo’qotish, jamiyatga hozir potentsiali 
kerak bo’lmagan kishilardan ma’lum qismini qashshoqlashuviga olib 
kelishidir. Bundan tashqari, korxonalarda ortiqcha xodimlarni saqlab turish 
mahsulot tannarxining asossiz ravishda ortib ketishiga, inflyatsiyaning 
ko’payishiga sabab bo’lishi mumkin. Norasmiy faoliyat turlarida soliq 
solinmaydigan ish bilan bandlikning ko’payishi byudjet daromadlarining 
kamayishiga, savdo vositachilik xizmatlarining haddan tashqari avj olib 
ketishiga sabab bo’ladi, har xil g’ayriqonuniy xatti-harakatlar uchun qulay 
imkoniyat yaratib beradi.
Ish bilan bandlikdagi tarkibiy tanazzulning bevosita oqibatlari va
ishchi kuchiga bo’lgan talab qisqarishining bevosita oqibatlari, aqliy 
mehnat kishilarining boshqa mamlakatlarga ketib qolishi, shuningdek, 
ichki ketib qolish — ilm-fan sohasidan va ilmiy bilimlar ko’proq talab 
qilinadigan ishlab chiqarish tarmoqlaridan xodimlarning vositachilik 
sohalariga, shuningdek, malakasini yo’qotib, norasmiy faoliyat sohalariga 
o’tib ishlashidir. Qayd qilingan ishsizlik darajasidagi tarkibiy orqaga 
ketish ish bilan bandlik xizmati mijozlari orasida mutaxassislar ulushining 
yuqori ekanligida namoyon bo’lmoqda. Holbuki, kadrlar potentsialini, 
ayniqsa, oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni shakllantirish 
uzoq vaqtni hamda mablag’ni talab qiladi.
Davlatning to’lov talabini ko’paytirishga yo’naltirilgan xilma-xil 
usullar vositasida iqtisodiyotga aralashuvi orqali iqtisodiy faollikni 
rag’batlantirishga va buning oqibatida ish bilan bandlikni kengaytirishga 
erishish mumkin. Bunda hal qiluvchi rol, Keyns nazariyasiga ko’ra, 
xususiy sarmoya qo’yilmalarni davlat tomonidan rag’batlantirilishi va 
tartibga solinishiga, davlatni o’zining xarajatlariga, ya’ni soliq solish, qarz 


92 
va davlat mablag’larini sarflash sohalarini qamrab oluvchi byudjet 
siyosatiga tegishli bo’ladi. Sarmoya qo’yilmalarini kengaytirish ishlab 
chiqarishni va demak, ish bilan bandlikni ko’paytirishni anglatadi. Ammo, 
faqat 40 va 50-yillarga kelib keynschilik o’zining «ish bilan to’la bandlik» 
shiori bilan burjua iqtisodiy nazariyasi va amaliyotining asosiga aylandi. 
40-yillar o’rtalarida ishsizlikni tartibga solish bo’yicha paydo bo’lgan 
rasmiy hukumat hujjatlari va qonunchilik hujjatlarida, qoidaga ko’ra, to’liq 
ish bilan bandlikni miqdoriy aniqlash bo’lmagan. U, masalan, inglizlarning 
oq kitobi «Ish bilan bandlik siyosati» (1944 yil) va Amerikaning «Ish bilan 
bandlik to’g’risida hujjat»da (1946 yil) ham yo’q. Urushdan keyingi «Ish 
bilan to’liq bandlik» siyosati aslini olganda ishsizlikni tugatishni maqsad 
qilib qo’ymagan. Ishsizlikning 2-4 % doirasida, albatta, mavjud bo’lishini 
burjua iqtisodchilari minimal yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdor deb
qarashgan.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin