O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Birinchi shart — fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi 
qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi 
kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, 
Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan.
SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, Mehnat kodeksining ushbu 
moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 
yoshga to’lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo’l qo’yilsada, ular 
ishga layoqatli shaxs deb e’tirof etilishlari mumkin emas.
Ikkinchi shart — fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) 
ega bo’lmasligi lozim.
Agar, fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi 
munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa 
korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb 
hisoblanadi.
Nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan
dividendlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblangan foizlar ish 
haqiga (mehnat daromadi) kirmaydi. Xuddi shunday pensiya va 
stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin 
pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o’qiyotganlar ish bilan 


104 
ta’minlangan deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs 
deb e’tirof etilmaydilar.
Uchinchi shart — fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. 
Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga 
ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat 
organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan 
taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
Homilador ayollar, agarda ularning homiladorlik davri yigirma 
sakkiz haftadan oshmagan bo’lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb 
hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb e’tirof 
etilishlari kerak.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin