O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

To’rtinchi shart — fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan 
holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan 
o’tishi lozim.
Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri mehnat bozorining o’zi, 
mehnatga talab va uning taklifi o’rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, 
ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir 
tomondan, go’yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi 
tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi 
omillar ta’sirini his qiladi.
Shunday bo’lsa-da, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda 
ko’rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko’payishi, qoidaga ko’ra ishsizlikni 
kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o’z navbatida ish bilan bandlikni 
ko’paytiradi. Ta’rifga ko’ra ishsizlik — bu ishlashni istaydigan 
mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lmagan miqdoridir
Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – bu doimo jamiyat mehnat 
salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to’la 
foydalanmaganlikdir. Bu ma’noda ishsizlik ortiqcha ishlab chiqarish 
quvvatlariga yoki foydalanilma- yotgan er-suvga teng, ammo ishlab 
chiqarishning boshqa omillari ortiqchaligidan farq qilib, «ortiqcha» ishchi 
kuchi-bozor iqtisodiyotidagi doimiy voqelikdir.
Chet el turli maktab va yo’nalishlar iqtisodchilari ishsizlik 
sabablarini aniqlashga anchadan beri urinib kelishadi. Keyingi yillarda 
bizda ham bu masalaga katta e’tibor berilmoqda. G’arbda ishsizlik 
muammosini o’rganish cho’qqisi ishsizlikka bozorning muvozanat 
mexanizmi tomonidan avtomatik bartaraf etiladigan muvaqqat hodisa 
sifatidagi klassik nuqtai nazarni inkor etgan Buyuk Turg’unlik (depressiya) 
davriga to’g’ri keladi.


105 
 
8.1-chizma. Ishsizlik shartlari. 
 
Chet ellik iqtisodchilar, hatto klassiklar va neoklassiklar ham 
ishsizlikning mavjudligini hech qachon umuman inkor etmaganlar. 
Bundan tashqari, ular bozor iqtisodiyotining rivojlanishi davriy xarakterga 
ega bo’lganligi uchun ham uni bozor iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim 
deb hisoblaganlar: yuksalish davrida firmalar mehnat bozoridan 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin