102
8-BOB. ISHSIZLIK: SABABLARI, XUSUSIYATLARI VA UNI
KAMAYTIRISH YO’LLARI
8.1. Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar
Ishsizlik — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo’lib,
ishchi
kuchini taklif etish bilan unga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi miqdor
jihatdan ham, sifat jihatdan ham nomuvofiqlikni (ortiqchalikni) aks
ettiradi.
Ishsizlik va u bilan bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy-
mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik
muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining
ish bilan bandligini
yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi
turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab
chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini
pasaytirish uchun
qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining
tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Ma’lumki, O’zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o’rtasida
aholisining jadal o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi.
Respublikamiz
aholisi soni har yili o’rtacha 550—600 ming kishiga, mehnatga layoqatli
aholi soni esa 250—300 ming kishiga ko’paymoqda. Bunday vaziyat o’z
navbatida aholining ish bilan bandligini oshirish, buning uchun esa ishlab
chiqarishni
kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish borasida uzluksiz
ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda, aholining
turmush darajasining
pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan bog’liq
muammolar kelib chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: