88
Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U
xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini engillashtiradi.
Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga
ega ishchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar,
mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini
ko’rsatadi. Bu ko’pgina mamlakatlar uchun dolzarb muammodir. Uning
hal etilishi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qodir bo’lgan
samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi.
Ish bilan bandlikni ishchi kuchiga talabni kengaytirishga (ularni
foydali faoliyatga jalb qilish ko’lamlari, shart-sharoitlari
va shakllarini
ta’minlashga, ish bilan band bo’lgan xodimlarni shakllantirish, taqsimlash,
foydalanish, bo’shatish, qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga)
yo’naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig’indisi, deb ta’riflash
mumkin.
Bu kontseptsiya doirasida to’la oqil (ratsional) va samarali bandlik
farqlanadi.
Ish bilan «to’liq» bandlik sotsializmdagi mehnatning
umumiyligi va majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga
oshirilishidir. U mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan
shug’ullanishning haqiqiy imkoniyatlarining berilishi bilan bog’liq.
Yuqorida aytib o’tilgan kamchiliklarni hisobga olib, to’liq ish bilan
bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib boradi. Mehnatga
qobiliyatli aholini ijtimoiy xo’jalikka jalb qilishning eng yuqori darajasi
sifatida talqin qilish ham o’zgarib boryapti. Ish bilan to’liq
bandlikka
aholini jalb qilishning har qanday darajasida erishish mumkin, bunda u
aholining ish o’rinlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga muvofiq kelishi,
taklif etilayotgan ish o’rinlari iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq oqilona
(samara) bo’lishi lozim. Bu o’rinda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
ish o’rni deganda shunday ish o’rni tushuniladiki, u insonga yuksak
mehnat unumdorligiga erishish va o’zining, oilasining yaxshi yashashi
uchun etarli bo’ladigan ish haqiga ega bo’lish tushuniladi, shu bilan birga
bu ish o’rni uning salomatligiga zarar etkazmasligi va insoniy qadr-
qimmatini erga urmasligi kerak.
Shunday qilib, ish bilan to’liq bandlik mehnatga qobiliyatli barcha
fuqarolarni kasbiy mehnat sohasiga jalb qilishni anglatmaydi. Inson o’z
istagi bo’yicha ijtimoiy foydali bandlik sohalaridan birini (xalq
xo’jaligidagi
kasbiy mehnatni, uy xo’jaligini va shu kabilarni) tanlashga
haqlidir. Biroq tartibga soluvchi asosiy faoliyat turi daromad keltiruvchi,
shaxs farovonligini oshiruvchi va rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy
89
mehnat bilan band bo’lishdir. Kasbiy mehnat bilan band bo’lish darajasi
xodimlar umumiy sonining (ular ishlayotgan korxona qanday tashkiliy-
huquqiy shaklga ega bo’lishidan qat’i nazar) mehnat resurlari soniga
nisbati bilan belgilanadi hamda mehnat unumdorligi va jamiyat
rivojlanishining ijtimoiy samaradorligi sohasida erishilgan yutuqlarni aks
ettiradi. Buning ma’nosi shuki, ish bilan bandlikdagi
mazkur proportsiya
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manfaatlariga, uni jadallashtirish
natijalariga, fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirish
manfaatlariga to’liq mos kelsa, shuningdek, sog’lom avlodni etishtirishga,
yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan serharakat xodimlarni tarbiyalashga
qulay sharoit yaratib bersa, bunday bandlik proportsiyasi eng maqbul
(optimal) deb hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha sharoitlarga javob beradigan ish
bilan to’liq bandlik unumdor ish bilan bandlik deb atalishi mumkin. Bunda
biz unumdor ish bilan bandlik samarali mehnat bilan ayni bir narsa
emasligiga asoslanamiz. Samarali mehnat unumdor ish bilan bandlikning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Pirovard natijada to’liq
va unumdor ish bilan
bandlik uzviy birlikda bo’ladi. Agar ish bilan to’liq bandlikka iqtisodiy
jihatdan nomaqbul ish o’rinlari yoki munosib tirikchilik o’tkazishni
ta’minlamaydigan ish o’rinlari bilan erishilsa, u xodimlarning kasb-malaka
va ta’lim darajasiga yoki xalq xo’jaligidagi vazifalarga zid bo’lsa,
malakali kadrlar tayyorlash va normal demografik rivojlantirishni
ta’minlashga xalaqit bersa, aholining bunday ish bilan bandligi
umuminsoniy qadriyatlarga yordam bermaydi va ijobiy deb hisoblanishi
mumkin emas.
Demak, ish bilan to’liq unumdor va erkin tanlangan bandlik, avvalo,
aholining ishga bo’lgan ehtiyoji bilan ish o’rinlari o’rtasidagi miqdor va
sifat munosibligi ahvolini aks ettiradi, bunda ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyot uchun qulay
shart-sharoitlar yaratiladi, ya’ni ham ayrim
shaxsning, ham umuman butun jamiyatning manfaatlari hisobga olinadi.
Iqtisodiy islohot jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga
qarab mehnat bilan bandlikning darajasi umuman mamlakat bo’yicha
pasayib boradi. yaqin kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning
rivojlanish xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu erda yuqori samarali
iqtisodiyot nisbatan kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu
bilan birga aholining ishchi o’rinlariga bo’lgan ehtiyoji ham kamayadi,
chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali bandlikning boshqa sohalariga
qiziqish ortadi.
90
Odamlarning ijtimoiy zarur ish bilan bandlikka bo’lgan ehtiyojini va
uni amalga oshirish imkoniyatini rejali tartibga solib borish lozim. Bundan
maqsad insonning faoliyat ko’rsatish, shart-sharoitlarni yaxshilash va
iqtisodiyotni samarali ishlashini ta’minlashdir.
Ish bilan bandlik maqomi. Ish bilan bandlik munosabatlari. Ish bilan
bandlik maqomi ijtimoiy foydali faoliyatda
ishtirok etuvchi mehnat
resurslarining bir qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadi
bilan tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun ish kuchini taklif
qiladigan kishilar guruhi, shuningdek, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok
etsa ham bevosita pul daromadi keltirmaydigan aholi guruhi yoxud
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq
bo’lgan daromad keltiradigan kishilar guruhidir.
Dostları ilə paylaş: