O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Aholining ish bilan bandlik kontseptsiyasi —jamiyat ijtimoiyi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Aholining ish bilan bandlik kontseptsiyasi —jamiyat ijtimoiyi 
qtisodiy 
rivojlanishning 
muayyan 
bosqichidagi 
ish 
bilan 
ta’minlanishning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar 
tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning 
ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo’lgan obyektiv jarayonlarini 
hisobga oluvchi ish bilan ta’minlanishning shakllanishi qo’yiladi. Bu o’z 


84 
navbatida muayyan davr mobaynidagi qo’yilgan maqsadlarga erishishning 
real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi.
Ish bilan bandlik ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichiga xos 
bo’lgan turli ko’rinishlar va shakllarda namoyon bo’ladigan o’ziga xos 
hodisadir. Ibtidoiy jamoa tuzumi jamiyat a’zolarining to’liq ish bilan 
bandligiga asoslangan edi, uning boisi ishlab chiqaruvchi kuchlarning past 
darajada rivojlanganligida edi. Quldorlik va feodal formatsiyalar asosan 
qullar va krepostnoylarning majburiy ish bilan bandligiga asoslangan 
bo’lib, quldorlar va krepostnoylar ishlamasdan hayot kechirar edilar. 
Doirasida inson huquqiy jihatdan erkin bo’lgan va yollanma xodim sifatida 
namoyon bo’ladigan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan kapitalistik 
formatsiyada ish bilan band bo’lmagan aholi mavjud bo’ladi. Bunday ish 
bilan band bo’lmaslik tabiiy va noiloj ishsizlik shaklida bo’ladi. Sotsializm 
sharoitida to’liq («yalpisiga») ish bilan bandlik e’lon qilingan bo’lib, bu 
esa odamning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga majburligi bilan 
mustahkamlangan edi.
Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan 
xodimlar, o’quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o’zini o’zi 
mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanadigan fuqarolar kiritilgan.
Ish bilan bandlar: a) pul bilan to’lanadigan yoki natura holidagi haq 
evaziga yollanib, shuningdek, o’z faoliyati evaziga qancha muddat haq 
yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish 
uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar; b) kasalligi 
yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turuvchilar; yillik mehnat 
ta’tili yoki dam olish kunlarida, o’z ish joyidan tashqarida ta’lim olganlar; 
ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlanmagan 
holda mehnat ta’tilida bo’lgan va boshqa shunga o’xshash sabablar bilan 
vaqtincha ishda bo’lmaganlar; v) oilaviy korxonada haq olmasdan ish 
bajargan shaxslardan tashkil topadi. Ish bilan band bo’lgan aholiga ikki 
guruh fuqarolar kiradi:
1. Ko’ngilli ravishda ish bilan band bo’lmagan, er-xotindan birining, 
ota-onasi va boshqalarning mablag’lari hisobiga yashaydigan fuqarolar;
2. Noilojdan ish bilan band bo’lmagan xodimlar kiradi, ular, o’z 
navbatida, quyidagilarga: a) mustaqil ravishda ish qidirayotganlar; b) ish 
bilan band etish xizmati yordamida ish qidirayotgan; rasmiy maqomga ega 
bo’lgan ishsizlik yuzasidan nafaqa oladigan ishsiz fuqarolarni o’z ichiga 
oladi. 


85 
«Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonun 1992 yil 13 
yanvarda qabul qilingan bo’lib, unga 1998 yil 1 mayda ba’zi 
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Qonunda aholining ish bilan 
bandligining asosiy printsiplari ifodalab berilgan, bu tamoyillar ish bilan 
bandlik munosabatlariga bozor xususiyatidan kelib chiqadi va u bir necha 
tamoyillar bilan ifodalanadi. Birinchi tamoyil fuqarolarning unumli va 
ijodiy mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatlaridan foydalanishdan iborat 
favqulodda huquqidir. Mehnat qilishga majbur etishga (qanday shaklda 
bo’lmasin) yo’l qo’yilmaydi. Faqat qonunda alohida belgilangan hollar 
bundan mustasnodir.
Shunday qilib, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida 
umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash uchun muayyan qadam 
qo’yilgan bo’lib, bu qadriyatlar orasida eng muhimi mehnatning 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin