O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


bilan bandlik yangi makroiqtisodiy nazariyasiga



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

bilan bandlik yangi makroiqtisodiy nazariyasiga kiradi. Ushbu 
kontseptsiyalar 
ishsizlikka 
uzoq 
davom 
etadigan 
o’zgarmas 
muvozanatsizlik fenomeni deb qarashni aks ettiradi. Bu kontseptsiyalarda 
ishsizlik ayrim xo’jalik bozorlarining umumiy muvofiqlashtirilmaganligi 
bilan izohlanadi. Keyns nazariyasidagidek, faqat mehnat bozoridagina 
emas, balki, shuningdek, tovar bozoriga yoyilgan narxlar qat’iyligi va 
o’zgarmasligi muvozanatsizlik modellarining umumiy shart-sharoiti 
bo’ladi. Har ikki bozorda narxlar qaysi darajalarda hosil bo’lganligiga 
qarab iqtisodiyot quyidagi tartiblardan birida bo’ladi: keynscha ishsizlik 
tartibi, bostirilgan inflyatsiya tartibi (umumiy ortiqcha talab bilan 
tasniflanadi), klassik ishsizlik tartibi (yuqorida nomi tilga olingan ikki 
tartib o’rtasidagi oraliq tartib deb hisoblanadi va mehnat bozoridagi 
taklifning ortiqchaligi va tovar bozoridagi tovarning ortiqchaligi bilan 
tasniflanadi), chala iste’mol tartibi (tovar bozoridagi talabning etishmasligi 
va mehnat bozoridagi taklifning etishmasligi bilan tasniflanadi), valrascha 
muvozanat (bu to’rt tartibning tutashgan nuqtasi bo’ladi: bunda 
bozorlarning birortasida ham na ortiqcha talab, na ortiqcha taklif 
bo’lmaydi, bitimlar muvozanatli narxlar bo’yicha amalga oshiriladi).
SHartnomaviy ish bilan bandlik nazariyasi 70-yillarning o’rtasida 
paydo bo’ldi. Deyarli bir vaqtda ushbu nazariyani D. Gordon, M. Beyli va 
K. Azariadislar oldinga surdilar. Mehnat bozoridagi subyektlarning tsiklli 


80 
xatti-harakatini ushbu subyektlar o’z iqtisodiy manfaatlari yo’lida harakat 
qiladilar degan fundamental aksioma bilan kelishtirishga urinish 
shartnomaviy nazariyaning boshlang’ich negizini tashkil etadi. Ushbu 
nazariya mualliflarining nuqtai nazaridan qaraganda, munosabatlarning 
shartnomaviy tabiatga ega ekanligi mehnat bozoridagi subyektlarni, hatto 
ular yozma shartnoma tuzmagan taqdirlarida ham o’zaro bog’laydi. 
SHunchaki ushbu holda shartnoma «implitsitli» bo’lib qoladi, ya’ni ochiq-
oydin, yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bo’lmaydi, shunday bo’lsa-da, 
uning shartlariga tomonlar rioya etishga intiladilar, chunki bu o’zaro 
manfaatdorlikka olib boradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin