79
va yoshlar ko’proq jabrlanishini ko’rsatib berdilar. Ilmiy iste’molga yangi
ko’rsatkich— tugallangan ishsizlikning o’rtacha muddati, ya’ni
ishsizlikning boshlanishidan oxirgacha bo’lgan muddati — kiritilgan edi.
Odatda, bu muddat ko’pi bilan bir-bir yarim oyni tashkil etishi aniqlandi.
Dinamik yondashish tarafdorlari tahlil qilish uchun ishsizlik turlarini
mehnat bozoridagi ishchi kuchi oqimlari nuqtai nazaridan tasniflashni
qo’lladilar. Bu mualliflar ishsizlikni umuman emas, balki ishchi kuchining
har bir alohida toifasiga nisbatan tushuntirish, mehnat bozoridagi har bir
oqimga tegishli bo’lgan o’ziga xos sabablarni
va ish bilan band emaslik
manbalarini qidirib topish lozim deb, hisoblar edilar. Ishsizlik
muammosini ular ishchi o’rinlari surunkali ravishda etishmasligiga emas,
balki ko’plab odamlarning olingan ish o’rnida uzoq saqlanib qola
olmasliklarida deb bilgan edilar. Bu iqtisodchilar
soliqlarni kamaytirish,
ishsizlik yuzasidan beriladigan nafaqalar miqdorini qisqartirish, qonunda
belgilangan eng kam ish haqi darajasini bekor qilish yoki pasaytirish,
mehnat bozoridagi axborot tizimini takomillashtirishni
jamiyatning
iqtisodiyotga ta’sir etishi chora-tadbirlari sifatida taklif etdilar.
Muvozanat modellari, tozalanmaydigan bozorlar paradigmasi
ish
Dostları ilə paylaş: