O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Institutsional yo’nalish. Mazkur yo’nalish namoyandalari siyosat
mafkura, huquq va psixologiyani mehnatga joriy qilish va ishga 
tushirishining iqtisodiy shart-sharoitlari va qonunlariga nisbatan hal 
qiluvchi omillar deb qaraydilar. Bu mualliflar makroi qtisodiy tahlildan 
chetlashadilar, mehnat bozori tabiatining ayrim tarmoqlarini, professional 
va demografik guruhlar dinamikasining xususiyatlari bilan izohlashga 
urinadilar. Xususan, Adam, Shreder, Leyn yangi klassiklarning 
qarashlarini rad etib, to’liq ish bilan bandlikni mehnat qilishni xohlaydigan 
har qanday kishi ish topishi, shu jumladan, to’liq ish kuniga ish topishi 
mumkin bo’lgan holat deb ta’riflaydilar. Adam, o’z navbatida 
sotsializmdagi «ortiq darajada ish bilan bandlik» yoki «yashirin ishsizlik» 
oqibatidagi talafotlarni g’arb mamlakatlaridagi ishsizlik oqibatidagi 
talafotlar bilan taqqoslab, «haddan ortiq ish bilan bandlik» yoki maqbul 
darajada saqlanar ekan, o’rinli hisoblanadi, degan xulosaga keladi. 
Ma’naviy va ruhiy jihatdan og’ir yuk hisoblanadigan ishsizlik iqtisodiy 
jihatdan qanday yuk ekanligini gapirmasa ham bo’ladi, u jamiyatda 
qimmatga, ehtimol, hatto to’liq ish bilan bandlikni tiklash va saqlashdan 
ham qimmatroqqa tushadi.
Fleksibillash kontseptsiyalari axborotlashtirish va kompyuterlash-
tirish bilan bog’liq bo’lgan texnologiya, texnika, ishlab chiqarishdagi tub 
o’zgarishlar davridagi boshqaruv innovatsiyasi sifatida yuzaga kelgan. 
Ushbu kontseptsiyalar mehnatni tashkil etish shakllari xilma-xilligining 
doimiy oshib borishi, ish vaqti moslashuvchan jadvallari va ishga 
yollashning yangi tizimlari (vaqtinchalik o’zganing o’rnida ishlash, bir 
qancha funktsiyani bajarish) yoyilishini nazarda tutadi. Moslashuvchan 
tarzda ish bilan band etish siyosatining tabiati ko’p jihatdan uning 
qo’shimcha ishchi kuchining muntazam ravishda jalb etishga zo’r berish 
yoki asosan, mehnat jamoasi doimiy o’zagining kasbiy harakatchanligini 
rivojlantirishga qarshi qaratilishi bilan belgilanadi. Birinchi holda gap ish 


81 
bilan band etishni eksternlash (ya’ni, miqdoriy moslashuvchanlik), 
ikkinchi holda esa internlash (ya’ni, funktsional moslashuvchanlik) 
to’g’risida borishini ifodalaydi.
Shunday qilib, ishsizlikni yalpi talab etishmasligi oqibatida noilojdan 
ro’y beradigan hodisa deb tasavvur qilish (Keyns) va mehnat taklifining 
ish haqi darajasiga bog’liqligi, ish haqi oshirilmasligi inflyatsiyani 
pasaytirishi hamda ishlab chiqarish sharoiti va ish bilan bandlikka ijobiy 
ta’sir etishi to’g’risidagi tasavvurdan iborat ikki qarama-qarshi tendentsiya 
ish bilan bandlik nazariyasida hamon mavjud. Ish bilan bandlik ba’zi 
kontseptsiyalarining 
yuqorida 
keltirilgan 
qisqacha sharhi g’arb 
mamlakatlarida ish bilan bandlik munosabatlarini tartibga solish borasida 
to’plangan tajriba to’g’risida va ushbu tajribani O’zbekistonda qo’llanish 
mumkinligi haqida tasavvur beradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin