O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик. -Т.: 
МEHNAT, 2009.
2. Буланов И.С.,Волгин Р.А. Рынок труда. Учебник. - М: «Экза-
мен», 2007.
3. Кейнс Джон Мейнард. Общая теория занятости, процента и 
денег Издательство: Гелиос, 2002. 
4. Плакся В.И. Безработица: теория и современная российская 
практика : социально-экономический аспект (Монография). 
Издательство: РАГС, 2007. 
Intеrnеt saytlari 
1. http://www.economyfaculty.uz – “Mеhnat iqtisodiyoti va 
sotsiyaologiyasi” kafеdrasi sayti mavjud bo`lgan sayt
2. http://economics.com.ua – mеhnat iqtisodiyotiga taalluqli 
bo`lgan ma'lumotlar vеb-sayti 
3. http://www.bearingpoint.uz 
– “O`zbеkiston iqtisodiyoti” 
qo`llanmasiningg vеb-sayti 
4. http://goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so`nggi yangiliklari 
5. http://rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akadеmiyasining vеb-sayti 


83 
7-BOB. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI 
SHAKLLANISHI VA MOHIYATI 
 
7.1. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng 
muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog’liq bo’lgan 
ehtiyojlarni qondirish yo’llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish 
joylari qaerdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish 
yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan 
bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay 
darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko’rsatadi.
Biroq ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponent bilan 
cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir, ya’ni 
odamlarning jamiyat ichidagi munosabatlaridir, shu bois qandaydir azaliy, 
bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy 
xususiyati hisoblanadi.
Ish bilan bandlikni ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida quyidagicha 
ta’riflash mumkin: ish bilan bandlik — fuqarolarning qonun hujjatlariga 
zid kelmaydigan o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan 
bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan 
faoliyatdir.
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir 
rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli 
(kontseptsiyasi) mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat 
faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning 
shaxsini, talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish 
omadsizlikka mahkum etadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan 
bandlik muammolarini ko’rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy 
jihatlariga e’tibor bergan bo’lsalar, keyingi paytda ish bilan bandlikning 
ijtimoiy jihatlari to’g’risida tobora ko’proq gapirilayotganligi bejiz emas.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin