O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida ish bilan



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

6.2. Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida ish bilan 
bandlik masalalari 
Keyns nazariyasi ham 70-yillarning oxirlariga kelib, inqirozga 
uchray boshladi. Bu nazariyaga muvofiq jami xarajatlarning o’sishi ishlab 
chiqarish hajmining ko’payishini, iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi va bu 
bilan ishsizlikning ortib borishi birmuncha pasaytiriladi va narxlarning 
ortishi sodir bo’lmaydi. Urushdan keyingi yillarda (to 70-yillarga qadar) 
kapitalistik mamlakatlarning rivojlanishi bu qoidalarni tasdiqladi— 
ishsizlik va inflyatsiya kamdan-kam hollarda birga sodir bo’ldi. Biroq 
jahon iqtisodiy rivojlanishining borishi 70-yillarda yuqori inflyatsiyasiga 
olib keldi, u rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy hayotining doimiy omiliga 
aylanib qoldi.
Ingliz professori A. Fillips inflyatsiya va ishsizlikning bir-biriga 
bog’liqligini empirik tarzda (tajribaga asoslanib) tahlil qilar ekan, u 
inflyatsiya sur’atlari bilan ishsizlik darajasi o’rtasida teskari proportsional 
o’zaro bog’liqlik borligini aniqlagan. U ana shu bog’liqlikni «oddiy yoki 
ilk» egri chiziq shaklida taqdim etgan. Keyinchalik unga tuzatish kiritilib, 
uning sharafiga Fillips egri chizig’i deb atalgan.
Monetaristlar. 60-yillarda Fillips egri chizig’idan siyosatchilar 
iqtisodiy strategiyani tanlash, ya’ni o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan 
ikki mushkul narsadan eng kamrog’ini tanlash asosida foydalanib 
kelganlar.
Biroq, 70-yillardan e’tiboran ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda 
ishsizlikning ortishi narxlarning oshishi bilan bog’liq ravishda sodir bo’ldi: 
stagflyatsiya muammosi vujudga keldi. Fillips egri chizig’i ishsizlik va 


75 
inflyatsiyaning o’zaro munosabatidagi real vaziyatni ifodalamay qo’ydi. 
Ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurash Keyns va uning izdoshlari tasavvur 
qilganidan ham murakkabroq muammo ekanligi ko’pchilikka ma’lumdir. 
O’zlarining klassik nuqtai nazarlarida turuvchi turli ilmiy oqimlar keyns-
chilikka qarshi chiqdilar. Ular neokonservatizm nomini olgan yo’nalishni 
tashkil etdilar. Neokonservatorlar orasida etakchi o’rinni monetaristlar 
egallaydilar.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin