189
12.2. Ish bilan bandlik, ish haqi va ishchi kuchi xarajatlarining
xalqaro statistikasi
Ish bilan bandlik va ish haqi to’g’risida. Dunyoda ishlab chiqarish
sohasida ro’y berayotgan umumiy tanazzul natijasida keyingi yillarda ish
bilan bandlik borasidagi ahvol birmuncha murakkablashdi. Oxirgi o’n yil
ichida dunyo bo’yicha o’rtacha kishi boshiga to’g’ri keladigan daromad
ketma-ket qisqardi. Bozor iqtisodiga o’tgan rivojlangan mamlakatlarda
ham iqtisodiy o’sish juda sekinlik bilan bordi, chunki pul bilan
ifodalaganda ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 3/4 qismi
to’g’ri keladi, bu hol rivojlangan mamlakatlarda
talabning va tovarlar
narxlarining pasayishiga olib keldi. Janubiy va Sharqiy Osiyoda iqtisodiy
o’sishni 5 foiz atrofida saqlab qolishga muvaffaq bo’lindi. Xitoydagi
iqtisodiy o’sish ana shu yillarda ikki raqamli sonlar bilan ifodalandi. Bu
hol esa butun dunyoda ishsizlikning kuchayishini belgilab berdi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 2000
yilda jahondagi ishchi kuchining 30 foizi — ishsiz yoki to’la bo’lmagan
ish bilan band edi. Ishsizlik ko’lami shu qadar kattaki, ahvol tanglik
holatida, deb e’tirof
etilmoqda, bunday vaziyat 30-yillardagi buyuk
turg’unlik davridan buyon ham bo’lmagan edi.
G’arbning sanoati rivojlangan ko’pgina mamlakatlarida va Sharqiy
Evropa mamlakatlarida o’tish iqtisodiyoti munosabati bilan ishsizlar foizi
ko’rsatkichi ikki raqamli sonlar bilan ifodalanadi. Ispaniyadagi ishsizlik
darajasi 24,4 foizga, Finlyandiyada 17,7 foizga, Irlandiyada 15,4 foizga,
Belgiyada 12,7 foizga, Frantsiyada 12,2, Italiyada 11,9, Gretsiyada 11,
Daniyada 10,5, Germaniyada 10 foizga etdi.
Rossiyadagi ishsizlik (to’liq va yashirin ishsizlik) 10 foizdan
ko’proqni, Polshada 16,9, Bolgariyada 13,3, Vengriyada 11 foizni tashkil
etadi. Faqat ayrim mamlakatlardagina ishsizlik nisbatan maqbulroq
darajada, ya’ni 6 foizdan kamroq darajada saqlanib turibdi. Masalan,
Yaponiyada 2,8 foiz, Shveytsariyada 3,8, Avstriyada 4,6, Norvegiyada 5,2
va AQShda 5,8 foizni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi ishsizlikning ahvoli
iqtisodiy jihatdan va
ma’naviy nuqtai nazardan maqbul emas, chunki ishsizlik resurslarning
nihoyatda ko’p miqdorda isrof bo’lishiga olib keladi va ishdan mahrum
bo’lib qolganlarning aziyat chekishlarini tobora oshiradi. Ko’pgina
rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasiga amalga oshirilayotgan
iqtisodiy siyosatning qandayligi,
shuningdek, mehnat bozorini tartibga
solish usullari ta’sir ko’rsatmoqda.
190
XMTning rasmiy hujjatlarida jahon mamlakatlari hukumatlari
tomonidan bunday ahvolni tuzatish uchun bir xildagi choratadbirlar emas,
balki ularning turini ko’paytirish lozim, xususan, bu sohadagi muhim
odimlar qatorida quyidagilar sanab o’tilgan:
— savdoni erkinlashtirish;
— moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirish, to’lov
balanslari
muammolarining keskinligini yumshatish uchun xalqaro hamkorlikni
kengaytirish va uzoq muddatli hisobga olish stavkalarini pasaytirish;
— sanoatni eksportga mo’ljallab rivojlantirish;
— mehnat bozorlarini takomillashtirish uchun moslashishga doir
ijobiy tarkibiy chora-tadbirlarni ko’rish, shu jumladan, hali ishlab
topilmagan
mehnat xarajatlarini, chunonchi ish haqi fondi solig’i va
ijtimoiy ta’minotga mo’ljallangan xarajatlar solig’ini kamaytirish, ishchi
kuchining qo’nimsizligini pasaytirish va ish bilan bandlikni
rag’batlantirish tizimlarini isloh qilish.
Oxirgi o’n yil ichida barcha yollanma xodimlarning o’rtacha haftalik
ish haqi 503 AQSh dollarigacha ko’tarildi, bu yiliga 5,4 foiz o’sishni
tashkil etadi.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotida turli kasblar va turli mehnat
rejimlari, ish haqi stavkalari, qo’shimcha haqlar va ijtimoiy ta’minot
tizimlariga ega bo’lgan mehnat turlari bilan banddirlar. Lekin statistik
«o’rtacha ish haqlari»ga muvofiq keladigan «o’rtacha»
xodimni tasavvur
qilish qiyin. Bu o’rinda ko’pchilik xodimlar uchun muammo tug’iladi: ular
o’zlarining daromadlarini ish haqlarining rasmiy raqamlari bilan qiyoslay
olmaydilar, holbuki, bu raqamlar o’rtacha raqamlar sifatida taqdim etilgan.
Ish haqlarining tarqoqligi ancha sezilarli bo’lishi mumkin. SHu
sababli ish haqining taqsimlanishi haqida iloji boricha ko’proq axborotga
ega bo’lish foydalidir, bu axborot statistiklarning atamasi bilan aytganda,
ekstremal miqdorlarni (qayd qilingan ish haqlaridan eng yuqori va eng
kam miqdorini) ko’rsatadi.
yollanma xodimlarning ko’pchiligi uchun ish haqi ular tomonidan
olinadigan daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Afsuski, hozirgi
vaqtdagi kuzatishlarda ish haqlari qanday hisobga olinishini ko’zdan
kechiradigan bo’lsak, ularda ish haqining muhim elementlari o’z
aksini
topmas ekan. «Ish haqi tarkibi» ko’pchilik mamlakatlar amal qiladigan
mazkur masalaga doir amaldagi xalqaro tavsiyalarga muvofiq, ish
haqining ta’rifi va ayrim elementlarini o’z ichiga oladi. O’tkaziladigan
oylik, choraklik va yarim yillik tekshirishlarning ko’pchiligida ish
haqining barcha elementlari hisobga olinyapti deb bo’lmaydi, faqat har bir
191
hisoblash davrida olingan pul miqdorlari e’tiborga olinadi. Demak, 13 va
14-ish haqlari, yillik mukofotlar, ovqat talonlari, bepul tovarlar va natura
bilan berilgan boshqa to’lovlar ish haqi tarkibiga kiritilmagan.
Dostları ilə paylaş: