O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


«Yalpi» va «sof» ish haqlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

«Yalpi» va «sof» ish haqlari. O’rtacha ish haqlari rasmiy 
statistikasi, odatda, xodimlarning qo’liga haqiqatan ham qancha pul 
tegishini deyarli ko’rsatib o’tmaydi. Ko’pincha rasmiy statistika yalpi ish 
haqlarini — daromad solig’i olinishidan va ishsizlik tufayli tibbiy sug’urta 
badallari 
ushlanmasdan 
oldingi 
summani, 
pensiya 
va 
boshqa 
jamg’armalarga ushlab qolingan chegirmalarni chiqarib tashlamasdan 
hisoblangan summalarni kiritadi. Ko’rsatib o’tilgan chegirmalardan keyin 
qolgan summa turlicha ataladi — «sof ish haqi», «qo’lga tekkan ish haqi» 
va hokazo. holbuki, bu summa yalpi ish haqidan birmuncha kamroq 
bo’ladi.
Soliqlar va badallarni ko’pincha ish beruvchining o’zi ushlab qoladi 
va ularni tegishli organga o’tkazadi, mehnatkashlar esa haqiqatan yalpi ish 
haqini to’liq hajmda sira olmaydilar va hatto qancha ushlab qolinganligini 
bilmasliklari ham mumkin.
Ijtimoiy ta’minot tizimlarining majburiy va ixtiyoriy turlari turli 
mamlakatlarda o’zining majburiyligi, badallar va daromad solig’ining 
miqdori bilan jiddiy ravishda farq qiladi. Bundan tashqari, turli ushlab 
qolishlarni hisoblash vaqtida, odatda, oilaviy ahvol, oilaning yalpi 
daromadi hisobga olinadi. Masalan, Daniyada ishlab chiqarishdagi yakka 
ishchilar o’zlarining yillik ish haqlaridan faqat 53,5 foizini olganlar, 43,9 
foizi daromad solig’ini tashkil etgan, 2,6 foizi esa majburiy ijtimoiy 
sug’urtaga ushlab qolingan. Uylangan va ikki nafar bolasi bor daniyalik 
uchun tegishli raqamlar 61,9; 35,5 va 2,6 foizni tashkil etgan. Ana shu 
ma’lumotlar asosida daniyalik mehnatkashlar yomon yashaydilar, ayniqsa,
yolg’iz ishchilarning ahvoli og’ir, deb xulosa chiqarish mumkin edi, 
chunki ular o’zlarining yalpi ish haqlarining faqat yarmidan sal ko’prog’ini 
oladilar. Biroq «sof ish haqlari»ning mohiyatini to’g’ri baholash uchun 
qo’shimcha axborotga, xususan, daniyaliklar bevosita o’z ish 
beruvchilaridan qo’shimcha haqlar va xizmatlar tarzida (bepul va 
subsidiya tarzida) oladigan narsalar, ularning ijtimoiy ta’minot tizimlari 
yoki soliqlar xususida, masalan, oilaviy nafaqalar, kasallik tufayli haq 
to’lanadigan ta’tillar yoki farzand tug’ilganda beriladigan nafaqalar, 
pensiyalar, ta’limga to’lanadigan haq, tibbiy va transport xizmatlari 
to’g’risida axborotga ega bo’lish kerak.
Daniyada aholi jon boshiga hisoblaganda ijtimoiy to’lovlar, shu 
jumladan, ijtimoiy sug’urta, oilaviy nafaqalar, davlat sog’liqni saqlash 


192 
tizimi va ijtimoiy yordamini qo’shib hisoblaganda, ular qo’lga tegadigan 
ish haqining taxminan 40 foiziga teng bo’ldi.
Xalqaro qiyoslashlar yo’lidagi ikkinchi bir to’siq — bu har bir
mamlakatda qo’llaniladigan ish haqi tushunchasidir. Ko’pgina 
mamlakatlar xalqaro standartlarga (yuqorida aytib o’tilganidek, «Ish haqi 
tarkibi»ga) murojaat qiladilar, ularni o’zlarining milliy ehtiyojlari va shart-
sharoitlariga moslashtiradilar, chunki nafaqalar, mukofotlar va ustamalar 
to’lash amaliyoti turli mamlakatlar, tarmoqlar va korxonalarda g’oyat 
xilma-xildir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin