187
Bunday hollarda iqtisodiy nazariya muammoning mumkin bo’lgan
uch echimini taklif etadi:
— narxlar va daromadlarning ortib borishini tartibga solish;
—daromadlarning tartibsiz oshib borishiga ozmi-ko’pmi majburan
rozi bo’lish; bu boshqarib bo’lmaydigan sakrashsimon rivojlanishga,
muvaffaqiyat va mag’lubiyatning almashinib turishiga, barqarorlik va
tanazzulning almashinib kelishiga sabab bo’ladi.
—«ijtimoiy sheriklik» (davlat, kasaba uyushmalari va tadbirkorlar)
bilan hamkorlikda va ularning roziligi bilan ishlab chiqiladigan daromadlar
siyosatini o’tkazish, bunda o’z oldiga qo’shaloq maqsadni qo’yish; milliy
daromadning o’sishiga va milliy rivojlanish samaralarini adolatli
taqsimlanishiga erishish.
Daromadlar siyosati va mehnatga haq to’lash
vositalari amaliy
tajribasi. Amaliy jihatdan AQSh iqtisodiyotining beqarorlashuvida ishlab
chiqarish xarajatlarining ahamiyati va ta’sirini hisobga olib, hukumat 60—
70-yillarda uch ma’muriyat orqali daromadlar siyosatidan foydalandi va
uni inflyatsiyaga qarshi kurashning muhim va hal qiluvchi vositasi deb
hisobladi.
Dastlabki urinish demokrat-prezident
Kennedi davrida amalga
oshirib ko’rildi. Bu prezident ma’muriyati 1962 yilda «mo’ljallar», ya’ni
muayyan chegaralangan hajmlar tizimini joriy qildiki, unga muvofiq bir yil
mobaynida narxlar ham, ish haqi ham ana shu miqdorlardan yuqori
ko’tarilmasligi lozim edi.
Ikkinchi urinish
respublikachilar prezidenti Nikson davrida qilib
ko’rildi. Daromadlar siyosatining yangi chora-tadbirlari ma’muriy-
qonunchilik xususiyatiga ega bo’lib, ilgari AQShda bu xildagi muammolar
hal etilmagan edi. 1971—1974 yillarda amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning mohiyati Amerika jamoatchiligining amaliyotchi qatlamlari
tomonidan salbiy tarzda kutib olindi. Avvalo, bu dasturning asosiy
maqsadi bo’lgan inflyatsiyani, narxlarning ortib ketishini to’xtatib
qoluvchi maqsadiga erishishda uning samara keltirishi shubha ostiga
olindi. Kasaba uyushmalarining Nikson ma’muriyati tomonidan olib
borilgan daromadlar siyosatiga salbiy munosabatda bo’lishiga sabab,
avvalo
shu ediki, u AQSh aholisining real ish haqi ortishiga sabab bo’lib
qolmasdan, shu bilan birga, uning mutlaq ravishda pasayib ketishiga olib
keldi. Ish haqining o’sishini to’xtatib qolishni amalga oshirish texnik
jihatdan ancha oson bo’lsada, uni amalga oshirish natijasi narxlarning
o’sishini to’xtatib qolishga nisbatan ancha qattiqroq shakllarda namoyon
bo’ladi.
188
Demokrat, prezident
Karter
ma’muriyati ham daromadlar
siyosatidan
foydalanishga intildi, lekin bunda tadbirkorlar va kasaba
uyushmalarining ixtiyoriy majburiyatlarini birga qo’shib olib borish
asosida
belgilangan
o’sish
chegaralarini
buzganlik
uchun
rag’batlantiruvchi omillarni yoki jazo choralarini tatbiq etish ko’zda
tutilgan edi. Narxlarni oshirish bo’yicha belgilangan mo’ljallarni buzgan
tadbirkorlarga qarshi jazo chorasi sifatida hukumat buyurtmalarini bermay
qo’yish va ularni eksport-import bankining beradigan qarzlaridan mahrum
etishdan foydalanildi. Ish haqini oshirish bo’yicha belgilangan mo’ljallarga
rioya qilishga rozi bo’lgan kasaba uyushmalariga nisbatan soliq
chegirmalari taklif etildi, bu chegirmalar real ish haqining pasayib ketishi
o’rnini qoplash imkonini berardi, lekin chakana narxlar 7 foiz oshirilgan
taqdirdagina shunday qilinardi.
1979 yilda Buyuk Britaniyada
Tetcherning konservatorlar hukumati
AQSHda 1980 yilda prezident
Reygan ma’muriyati
hokimiyat tepasiga
kelishi bilan yuqori darajadagi inflyatsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida
va umuman davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida daromadlar
siyosatidan to’liq voz kechildi. Bu siyosat umuman jamiyat manfaatlari va
xususan uning ayrim guruhlari manfaatlariga ham to’g’ri kelmaydi, deb
hisoblandi.
60-70-yillarda Frantsiyada daromadlar siyosatining o’ziga xos
variantlaridan foydalanildi. Bu erda, bir tomondan, milliylashtirilgan
tarmoqlarda ish haqining o’sishi ustidan nazorat o’rnatildi, ikkinchidan,
narxlar bevosita nazorat ostiga olindi, bunda ularning o’sishini to’xtatib
qo’yish va qonuniy tarzda qayd qilishdan foydalanildi.
Ana shu yillarda daromadlar siyosati SHvetsiya, Norvegiya,
Gollandiya, Avstriya va Finlyandiyada
ancha muvaffaqiyatli amalga
oshirildi. Bu siyosat iqtisodiyoti rivojlangan boshqa ayrim mamlakatlarda
ham inflyatsiyaga qarshi siyosatda qo’shimcha vosita sifatida ishlatildi.
Masalan, Yaponiya hukumati 100 dan ortiq tovar xilining ulgurji va
chakana narxlarini vaqtincha oshirmasdan bir joyda saqlab turdi. 80-
yillarda tez rivojlanib borayotgan mamlakatlar orasida Meksikani ko’rsatib
o’tish kerak, bu erda yuqori inflyatsiya, davlat byudjetida katta taqchillik
yuz
berayotgan,
davlat va bank korxonalari keng sur’atda
xususiylashtirilayotgan bir sharoitda hukumat puxta o’ylangan daromadlar
siyosatini maqbul qildi.
Dostları ilə paylaş: