O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar tarkibi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar tarkibi. Xalqaro statistika 
tasnifini standartlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
I. Bevosita ish haqi va maosh. 
1. Vaqtbay ishlaydiganlarning asosiy ish haqi. 
2. Vaqtbaychilarga rag’batlantiruvchi qo’shimcha haq to’lash. 
3. Ishbaychilarning ish haqi (ish vaqtidan tashqari qilingan ish uchun 
to’langan qo’shimcha haq bunga kirmaydi). 
4. Ishdan tashqari va tungi vaqtda hamda bayram kunlari ishlangan 
ish uchun qo’shimcha haq to’lash. 
II. Ishdan tashqari vaqt uchun haq to’lash. 
1. har yilgi va boshqa haq to’lanadigan ta’tillar shu jumladan, uzoq 
ish staji uchun beriladigan ta’til. 
2. Davlat bayramlari va e’tirof qilingan boshqa bayramlar. 
3. Ish haqi saqlangan holda ishdan tashqari boshqa vaqt (farzand 
tug’ilishi yoki oila a’zosining vafot etishi, xodimning nikohdan o’tishi, 
rasmiy vazifalarni bajarishi, kasaba uyushmasi ishi va boshq.). 
4. Ishdan bo’shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul (agar buni 
ijtimoiy ta’minot doirasidagi xarajat deb hisoblanmasa). 
III. Mukofotlar va sovg’alar. 
1. Yil yoki mavsum oxiridagi mukofotlar. 
2. Foydada qatnashish tarzidagi mukofotlar. 
3. Asosiy ta’tilga chiqqanda to’lanadigan puldan tashqari ta’tilga 
qo’shimcha to’lanadigan to’lovlar.
IV. Ovqat, ichimlik va natura bilan beriladigan boshqa to’lovlar. 
V. Ish beruvchi o’z zimmasiga olgan xodimlarning uy-joy 
xarajatlari. 
1. Korxonaga tegishli uy-joy puli. 
2. Korxonaga tegishli bo’lmagan uy-joy xarajatlari (subsidiyalar, 
ustamalar va shu kabilar). 
3. Uy-joy bilan bog’liq boshqa xarajatlar. 


193 
VI. Ijtimoiy ta’minotga ish beruvchilarning xarajatlari. 
1. Ijtimoiy ta’minotga mo’ljallangan majburiy (qonun bilan 
belgilangan) qarilik pensiyalari, nogironlik pensiyalari fondlariga va 
boquvchisini yo’qotganda ajratiladigan, kasallik tufayli va farzand 
tug’ilganda, ishlab chiqarishda shikastlanganda, ishsizlikda, shuningdek, 
oilaviy nafaqalar bilan bog’liq bo’lgan badallar. 
2. Ijtimoiy ta’minot va sug’urta xususiy fondlariga jamoa bilan 
kelishilgan shartnomaviy va nomajburiy badallar (qarilik, nogironlik va 
boquvchisini yo’qotganda, kasallik bilan bog’liq va farzand tug’ilganda, 
ishlab chiqarishda shikastlanganda, ishsizlikda va oilaviy nafaqalar bilan 
bog’liq pensiya fondlariga badallar). 
3.a. Xodimlarga kasallik tufayli, farzand tug’ilganda yoki ishlab 
chiqarishda shikastlanganda ishda bo’lmaganligi sababli ish haqini 
yo’qotganligi o’rnini qoplash maqsadidagi bevosita to’lovlar. 
3.b. Xodimlarga ijtimoiy ta’minot nafaqalari hisoblanuvchi boshqa 
bevosita to’lovlar. 
4. Tibbiy va shunga o’xshash xizmatlarga mo’ljallangan xarajatlar. 
5. Ishdan bo’shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul (agar buni 
ijtimoiy ta’minot doirasidagi xarajat deb hisoblashmasa). 
VII. Kasbiy tayyorgarlikka mo’ljallangan xarajatlar (o’quv 
yurtlarining tashqi yo’riqchilari ko’rsatgan xizmatlar o’quv materiallari 
uchun to’lanadigan haq va to’lovlar, xodimlarga ularning o’qish 
xarajatlarini qoplash va shu kabilar uchun to’lanadigan kompensatsiya). 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin