O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Ishlarni 
baholash 
usullari. 
Ish 
haqining 
xodimlarga 
rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish samaradorligi haq to’lashdagi 
mutanosiblikning asoslanganligiga butunlay bog’liqdir. Ish haqining firma 
ichidagi tabaqalanishi shartli ravishda ikki ko’rinishga ega. Ulardan buni 
oddiy va murakkab ravishda mehnat o’rtasidagi sifat farqlarini aks ettiradi. 
Bu ish haqining vertikal tabaqalanishi bo’lib, uning keyingi maqsadi tarif 
stavkalari yoki maoshlarini mehnat sifati bilan bog’lashdan iboratdir. Bu 
esa, xodimlarning o’z kasbiy bilimlari darajasini oshirish va amaliy tajriba 
to’plashdan manfaatdorligini ta’minlaydi. Firma ichki tabaqalanishining 
ikkinchi ko’rinishi — gorizontal tabaqalanishi bo’lib, uning maqsadi tarif 
stavkalari va maoshlarini mehnat natijalari bilan, shuningdek, yanada 
unumliroq ishlashga ko’maklashuvchi ishchanlik va shaxsiy sifatlar bilan 
bog’liqdir. Agar vertikal tabaqalanish malaka razryadlari yoki 
bajariladigan ishning murakkabligiga qarab stavkalarni lavozimlar 


204 
bo’yicha ko’paytirishni nazarda tutsa, gorizontal tabaqalanish esa ijrochilar 
mehnatini baholashdagi farqlarga mos ravishda stavkalarni ko’paytirish 
imkonini beradi. Sifat farqlarining va vertikal tabaqalanish ta’rifining 
namoyon bo’lishidagi amaliy vosita ishlarni baholashdir. 
Qatorlar usuli — oddiy usul bo’lib, bu uning ustun tomonidir. Bu 
usulni qo’llashda ishlarga miqdoriy baho berilmaydi, faqat ularning 
boshqa ishlarga qaraganda afzalligi nimada ekanligi ko’rsatiladi. O’z 
vazifalariga ko’ra bir xil bo’lgan asosiy cheklangan ishlarni tanlab olish 
usuli uning muhim tomonidir. Bu ishlar uning hajmi birinchi navbatda 
qiyoslaniladigan umumiy ishlar sonining taxminan 10—15 foizini tashkil 
qilishi kerak va boshqa barcha ishlarga baho berish uchun namuna bo’lib 
xizmat qiladi deb hisoblanadi. SHundan keyin ishlar o’z mazmuniga ko’ra 
bir-biriga o’xshash va yaqin ishlarni o’zida mujassamlashtirgan 
razryadlarga bo’linadi. Har bir razryadga tarif stavkalari va maoshlarning 
ma’lum darajasi to’g’ri keladi. Bitta bo’linmada bajariladigan ishlar 
taqqoslanganda bu usul o’zini oqlaydi.
Tasniflash usuli ham xuddi qatorlar usuli kabi ishlarni miqdoriy 
baholashni ko’zda tutmaydi. Bu usul bo’yicha dastlab razryadlar belgilab 
olinadi, shundan so’ng ishlar o’z mazmuniga qarab shu razryadlar 
bo’yicha taqsimlanadi.
Tasniflash usuli aqliy mehnat xodimlari uchun (jumladan, yuqori 
malakali mutaxassislar uchun) keng tarqalgan. Tasniflash usulida 
razryadlarni aniqlab olish eng murakkab jarayon hisoblanadi, bu razryadlar 
talab qilinadigan malaka, ish staji, javobgarlik darajalari bilan bir-biridan 
keskin farq qiladi. Razryadlar soni ishlar mazmunining kengligi, 
korxonaning 
katta-kichikligi, 
bajariladigan 
ishlarning 
farqi 
va 
kompaniyaning kadrlar siyosatiga bog’liqdir.
Ishlarni razryadlar bo’yicha aniqroq taqsimlash uchun ishlarning 
muhimligiga baho berish maxsus tanlangan omillar bo’yicha amalga 
oshiriladi.
Tasniflash usuli qo’llanishida oddiy, tejamlilik, qatorlash usuliga 
qaraganda ancha aniq va obyektiv ma’lumotlar olish imkonini beradi, 
ancha moslashuvchan usul sifatida baholanadi. chunki bu usuldan 
foydalanishda ishlarning yaxshi va qayta tuzilgan turlari ancha keng tarifli 
razryadlar bo’yicha taqsimlanadi.
Ishlarni baholashning tahliliy usullari notahliliy usullardan shu bilan 
farq qiladiki, bunda ish alohida-alohida omillarga bo’linadi va bu 
omillarning har biriga ballar bilan ifodalanadigan miqdoriy baho beriladi. 
Barcha omillar bo’yicha berilgan umumiy baho barcha ish turlari 


205 
tuzilmasida mazkur ishning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini 
ko’rsatadi. Ko’pchilik mamlakatlarda balli baholash usuli yoki boshqacha 
qilib aytganda, omilli, eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Ko’p ishlar 
baholash farqlarini aniqlash uchun xos bo’lgan omillarni tanlab olishdan 
boshlanadi. AQSH elektr sanoatchilari milliy uyushmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan balli baholash tizimi ko’proq ma’lumdir. U ishchilar uchun 4 ta 
asosiy va 10 ta yordamchi omilni ajratib ko’rsatadi. Bu omillarning har biri 
besh bosqichli farqlash bo’yicha baholanadi.
Har bir omilga uning ushbu ish turi uchun muhimligiga qarab baho 
beriladi. SHundan so’ng arifmetik, geometrik yoki erkin progressiya 
asosida darajalar bo’yicha omillarga miqdoriy baho beriladi. Balli 
baholash yoki omilli usuli umuman shuni baholaydigan notahliliy 
usullarga qaraganda muhim afzalliklarga egadir. Masalan, uning 
afzalliklaridan biri shundaki, bu usulda olingan natijalar aniq va 
obyektivroqdir va uning asosida miqdoriy baholash yotadi. Bunday 
afzallik ma’muriyat bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlarda keskinlikni 
yumshatmaydi, deb hisoblanadi. Bu usulning boshqa afzalligi ishlab 
chiqarish sharoitlariga moslashishdir. Chunki bunday omil ko’lami ancha 
keng va ishchi uchun ham, xizmatchilar uchun ham, shuningdek, 
texnologik o’zgarishlar ta’sirida paydo bo’ladigan yangi ish turlarida ham 
qulaylik tug’diradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin