O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Rahbarlar daromadining kafolatlari va uning nazorat qilinishi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Rahbarlar daromadining kafolatlari va uning nazorat qilinishi. 
Maoshlardan tashqari, rahbarlarni rag’batlantirishning muhim tarkibiy 
qismi bo’lib, aktsiyalarning optsionlari xizmat qiladi. Rahbarlar uchun 
aktsiyalarning qiymati pasayib ketish oqibatlariga barham berish yoki 
zararlar miqdorini eng kam darajaga keltirish maqsadida maxsus tizim 
ishlab chiqilgan:
— rahbarlar tarkibiga aktsiyalar bozor narxidan pastroq narxda 
sotiladi; 
— aktsiyalarning qiymati tushib ketgan taqdirda rahbarga dastlabki 
qiymat bilan fond bozorida pasayib ketgan qiymat o’rtasidagi farq 
to’lanadi; 


209 
— rahbarlar uchun optsion qiymati bozor qiymatidan yuqoriroq qilib 
belgilanadi; 
—rahbarlar qo’shimcha aksiyalar paketini, ko’chmas mulkni sotib 
olish uchun aktsiyalar hisobidan qarz olishlari mumkin, bu qarzlarga 
to’lanadigan foizlar bozor foizlaridan pastroq bo’ladi. 
Rahbarlarga to’lanadigan mukofotlar paketi tarkibiga to’plab 
qo’yilgan to’lovlar ham kiradi. Bularga korxona (kompaniya)lar beradigan 
nafaqalarni, shuningdek, muayyan vaqtdan keyin hosil bo’ladigan boshqa 
to’lovlar turlarini ham kiritish mumkin, ya’ni: 
— o’zaro kelishuvga muvofiq bir necha yildan keyin to’lanadigan 
mukofot (omonat hisoblari deb ataluvchi hisoblar); 
— mazkur xodim yoki umuman kompaniya mehnat unumdorligi 
yoki foyda olish yuzasidan muayyan darajaga erishgandan keyin 
to’lanadigan mukofot. 
Rahbarlar bilan ular uchun to’plab qo’yilgan to’lovlar xususida 
tuziladigan shartnomalar ikki turda bo’lishi mumkin: rasmiy maqomga ega 
bo’lgan shartnomalar; rasmiy maqomsiz amal qiladigan shartnomalar.
Rahbarlarni mukofotlash tizimida eng maqbul vaziyat — strategik 
mo’ljalni qisqa muddatli moslashuvchanlik bilan birga qo’shib olib 
borishdir. Rahbarlarni mukofotlashning ayrim moddalari, masalan, pensiya 
tizimlari uzoq muddatli xususiyatga egadir. Ayni vaqtda jahon 
iqtisodiyotining oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan xususiyatga ega 
ekanligi, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar, raqobat kurashida asosiy 
e’tiborning boshqa narsaga qaratilishi rahbarlar bilan uzoq muddatli 
shartnomalar tuzilishida moslashuv chanlikni, hujjatlarga, AQSHda 
aytishlaricha, «oltin parashyut» tamoyiliga asoslangan qoidalarning
kiritilishini talab qiladi. Mazkur tamoyil rahbarlardan iborat kadrlar 
tarkibini saqlash va ularga tanglik holatlarida yordam ko’rsatish 
choratadbirlarini amalga oshirish tizimini nazarda tutadi. Uning mohiyati 
shundan iboratki, kompaniya qayta tashkil etiladigan yoki rahbar 
kadrlarning bir qismi bo’shatiladigan bo’lsa, bu kadrlar o’z oyoqlari bilan 
erga qo’nishlari lozim. Ana shu maqsadda bo’shatilish vaqtida beriladigan 
moddiy kompensatsiya soliqqa tortilmaydi, agar u yangi ishlab chiqarishga 
(biznesga) sarflangan bo’lsa, bunday holda «amaliy xarajatlar» moddasi 
bo’yicha qarab chiqiladi.
Rahbarlarni taqdirlashning elementlaridan biri tabiiy to’lovlar 
shaklidagi turli xil xizmatlar bo’lib, ularning haqini kompaniya to’liq va 
qisman to’laydi: bular — transport berib turish, samolyot chiptasining 
haqini to’lash, avtomobillarni bepul parkovka qilish, bepul kafeteriylar, 


210 
sihatgoh va pansionatlarga yo’llanmalar, sport bilan shug’ullanishga haq 
to’lashdir.
Bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tgan 
mamlakatlarda 
firmalar 
va 
korxonalarning rahbarlari maoshini belgilashda cheklashlar yo’q. Lekin 
rahbarlar uchun ish haqining asoslangan bo’lishiga doir talablar mavjud. 
Buni ikki tashkilot: soliq boshqarmasi va mazkur kompaniya aktsiyadorlari 
yig’ilishi kuzatib boradi.
Kompaniya rahbarlariga maosh belgilashda quyidagi omillar 
e’tiborga olinadi;
— rahbar kadrlarni jalb qilish va ularni mustahkamlash uchun 
lavozim maoshlari darajasi; 
— mazkur mintaqadagi boshqa kompaniyalar rahbarlariga 
to’lanadigan kompensatsiyalar darajasi; 
— kompaniyaning yalpi yoki sof foydalari; 
— rahbarlar maoshlari bilan kompaniya boshqa xodimlari ish haqi 
o’rtasidagi nisbatlar; 
— rahbarlar maoshlari bilan kompaniya aktsiyalari bo’yicha 
to’lanadigan dividendlar nisbati; 
— biznesning muayyan turlarida foyda olishning murakkabligi; 
— mazkur kompaniyadan foyda olishda rahbarlar muvaffaqiyatining 
barqarorligi. 
Kompaniyaning rahbarlarga to’lovlari va beradigan imtiyozlarini 
nazorat qilish tamoyili, birinchidan, shundan iboratki, yuqori haq 
to’lanadigan xodimlarning soliq to’lashdan bosh tortish imkoniyatidan 
mahrum etish, ikkinchidan, rahbarlar bilan oddiy xodimlar mehnatiga haq 
to’lashdagi mutanosiblik buzilmasligiga yordam berish, uchinchidan, jon 
boshiga to’lanadigan soliqning kamayib ketishiga va ijtimoiy sug’urta 
jamg’armasiga badallar undirish negizlariga putur etishiga yo’l 
qo’ymaslikdir.
Rahbarlar tarkibiga haq to’lashni tartibga solish uning xizmat 
faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni tartibga solishini ham o’z ichiga oladi. 
Bu o’rinda amaliy uchrashuvlarga doir xarajatlar, ishga doir sheriklarga 
mukofotlar sotib olishga, simpoziumlarga, ish bilan bog’liq 
ovqatlanishlarga, kompaniya hisobidan avtomobil va samolyotlardan 
foydalanishga mo’ljallangan xarajatlar nazarda tutiladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin