O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ish haqini tabaqalashtirish va uning ishlab chiqarish



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

12.4. Ish haqini tabaqalashtirish va uning ishlab chiqarish 
samaradorligiga ta’siri 
Ish haqining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri. Ish haqi 
ishlab chiqarish samaradorligiga turli darajada o’zining bevosita ta’sirini 
o’tkazadi: 
— korxona (firma) miqyosida bu ta’sir mehnat unumdorligini 
oshirish, ishchi kuchi qiymatining o’zgarishi mahsulot sifati, ish vaqtidan 
foydalanish va xodimning mehnat faoliyatining boshqa ko’rsatkichlari 
bilan bog’liqdir; 
— milliy miqyosda ish haqining hajmi va tabaqalanishi ishlab 
chiqarish tuzilmasi (tegishli ravishda boshqaruv tuzilmasiga ham) va 
umuman, iqtisodiyot hamda iste’mol bozori tuzilmasi bilan uzviy bog’liq 
bo’lib, u butun milliy iqtisodiyotga o’z ta’sirini o’tkazadi; 
— jahon xo’jaligi miqyosida ish haqi aholi daromadlarining asosiy 
tarkibiy qismi sifatida aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismi
ishchi kuchining sifatini belgilaydigan, mamlakatning texnologik jihatdan 
rivojlanish darajasi, uning jahon xo’jaligidagi ishtiroki bilan uzviy bog’liq 
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lib 
qoldi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan ish haqi tizimlarida korxona 
xodimlarini rag’batlantirishda ikki yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi: 
birinchidan, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini bevosita oshirishni, birinchi 


203 
navbatda, ish haqini va mukofotlash tizimini tabaqalashtirish yordamida 
(mehnat miqdori va sifatiga qarab) rag’batlantirish; ikkinchidan, ishchi 
kuchini sifatini faqat ish haqini tabaqalashtirish usuli bilan emas, balki 
xodimlarning firma kompaniyadan oladigan daromadning boshqa 
moddalari yordamida ham oshirishni rag’batlantirish.
Ish haqini tabaqalashtirish moddiy rag’batlantirish samaradorligida 
asosiy omil hisoblanadi. Xodimlar shunga qarab mehnatga haq to’lashdagi 
adolatlilik xususida fikr yuritadilar:
— xodimlarning qo’shgan hissasini baholashda;
— ichki malakani taqqoslashda;
— tarmoqlararo taqqoslashda;
Ish haqini tabaqalashtirishda uch tur mavjud bo’lib, iqtisodiyotni 
rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bular: tarmoqli, kasb 
malaka va mintaqaviy tabaqalashtirish.
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda ish haqi 
kuchi qiymati o’rnini qoplashning yagona usuli emasligini qayd etib o’tish 
kerak. Ishchi kuchiga ish haqidan tashqari noishlab chiqarish sohasidagi 
mukofotlar, natura to’lovlari, xizmatlar, korxonadan to’lanadigan ijtimoiy 
to’lovlar ham kiradi. Xodimlar daromadlariga, shuningdek, aktsiya 
dividendlar, korxona aktsiyalarini sotib olishdagi farq, korxonaning 
jamg’arma hisoblari va hokazolar ham kiradi. Bu elementning hammasi u 
yoki bu darajada samaradorligini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish 
tizimida mavjuddir. Bunda har bir tarkibiy qism o’ziga xos bo’lgan 
vazifani va ishchi kuchini rag’batlantirish bo’yicha umumiy vazifalarni 
ham bajaradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin