200
5. Umuman iqtisodiyot ravnaqi uchun ishlaganligiga to’lanadigan
kompensatsiya bir martalik mukofotlashning turli shakllari (juda
muhim
buyurtmalarni bajarganlik uchun va hokazo). Statistikani o’rganish moddiy
rag’batlantirishning asosiy tamoyillari haqida yuqorida bayon etilgan
tezislarni bo’rttiribroq ko’rsatish imkonini beradi. Xususan, boshqaruv
xodimlari uchun moslashuvchan moddiy rag’batlantirish (taqdim etilgan
so’rovnomalardan biriga qaraganda). Frantsiya firmalarining 85 foizida,
Germaniya firmalarining 40 foizida, Belgiya firmalarining 50 foizida,
Angliya firmalarining 67 foizida, Gollandiya firmalarining 69
foizida
qo’llanilgan. AQShda bu ko’rsatkich ancha yuqori, ya’ni 93 foiz bo’lgan.
Eng qiziqarli tomoni shundaki, mehnatga haq to’lashning moslashuvchan
shakli ishchilarga nisbatan bir qator davlatlar (firmalar)da ham keng
qo’llaniladi (u Frantsiyada 60 foiz, GFR da 30 foiz, Belgiyada 14 foiz,
Buyuk Britaniyada 16 foiz, Niderlandiyada 50 foiz, Yaponiyada 71 foiz
ishlatiladi).
Turli sotsiologik so’rovlar va statistik
tadqiqotlar mehnatga haq
to’lash darajasini belgilaydigan ba’zi omillarning real ahamiyatini
namoyon etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: