O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


VIII. Ijtimoiy xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

VIII. Ijtimoiy xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar. 
1. Oshxonalar va shunga o’xshash xizmatlarni mablag’ bilan 
ta’minlash. 
2. Ta’lim va madaniy muassasalarni mablag’ bilan ta’minlash va 
tegishli xizmatlar ko’rsatish. 
3. Kredit beradigan ittifoqlarga subsidiyalar va xodimlarga shu 
xildagi xizmatlar uchun mo’ljallangan xarajatlar. 
IX. Ishchi kuchiga doir boshqa xarajatlar, masalan, xodimlarni ishga 
keltirib qo’yish va ishdan uylariga olib borib qo’yishga mo’ljallangan 
xarajatlar; bularni ish beruvchi o’z zimmasiga oladi (shu jumladan, 
xodimlarga sarflangan xarajatlarni qoplash), korxona, ishga yollash va 
boshqa narsalar bilan ta’minlashga doir xarajatlar. 
X. Ishchi kuchiga xarajatlar sifatida qaraladigan soliqlar, masalan ish 
bilan, bandlar soniga yoki ish haqi fondiga sof holda qo’shiladigan 
soliqlar, ya’ni davlat tomonidan beriladigan chegirma va imtiyozlarni olib 
tashlagandan keyingi soliqlar. 


194 
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xarajatlar 
darajasi bo’yicha mamlakatlar nisbati yangidan yaratilgan qiymatning 
hajmi sohasidagi nisbatlardan jiddiy ravishda farq qiladi.
Investorlar, ish beruvchilar va tadbirkorlar ko’pincha ish kuchiga 
sarflangan xarajatlarni raqobatbardoshlikning birdan-bir yoki hech 
bo’lmaganda eng muhim ko’rsatkichi deb hisoblaydilar. Yuqorida qayd 
qilib o’tilganidek, yagona valyutada qayta hisoblash muayyan vaqt 
mobaynida turli mamlakatlarda ishchi kuchiga sarflangan nisbiy xarajatlar 
to’g’risida tasavvur berishi mumkin. Lekin bunday qiyoslash faqat bitta 
jihat bilan — ishchi kuchining qiymati bilan cheklanadiki, uni boshqa 
elementlar, chunonchi, unumdorlik, ish vaqti, kadrlar qo’nimsizligi, inson 
resurslari, talab qilinadigan sarmoya, ma’lumot darajasi, davlatning 
aralashuvi, xom ashyo, uskunalar, yoqilg’i va transport qiymati, aloqa va 
mehnat munosabatlari kabilar bilan birgalikda olib qaralishi lozim.
Shunday qilib, model ish haqining pasayishini nazarda tutadi. Lekin 
haqiqatan esa ish haqi sekinlik bilan pasayib boradi. Buning ko’pgina 
sabablari bor. Ish haqi faqat ish beruvchilar uchun chiqimdan iborat bo’lib 
qolmay, shu bilan birga, yollanma xodimlar uchun daromad hamdir. 
SHuning uchun ham yollanma xodimlar o’z tashkilotlari bo’lgan kasaba 
uyushmalarini tuzganlar. Kasaba uyushmalari xodimlarning daromadlarini 
himoya qiladi. Biroq, ish beruvchilar ham barqaror ish haqi bo’lishidan 
manfaatdordirlar, chunki bunday ish haqi ishlab chiqarishni yaxshiroq 
rejalashtirish va yollanma personal bilan ancha osoyishta munosabatlar 
o’rnatishni ham nazarda tutadi. Kasaba uyushmalari va jamoa 
shartnomalari bunday yo’l bilan ish haqi darajasini barqarorlashtirib, uning 
mehnat bozori ahvoliga qarab goh yuqori ko’tarilishiga, goh pastga 
tushishiga to’sqinlik qiladi. Biroq, klassik modeldagi barqaror ish haqi 
ishsizlikning mavjud bo’lishini nazarda tutadi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin