O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ishchi va xizmatchilarga ish haqi stavkalarini belgilash usullari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Ishchi va xizmatchilarga ish haqi stavkalarini belgilash usullari. 
Xodimlar band bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari, ularning bajaradigan 
vazifalari, shuningdek, ishlovchilarning soniga qarab stavkalar va 
maoshlarni belgilash hamda tartibga solishning bir necha usullari mavjud. 
Bunda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: ish haqining yagona 
stavkalari; ish haqi stavkalarining avtomatik tarzda oshirilishi; xodimlar 
xizmatiga baho berish natijalariga muvofiq stavkalarni o’zgartirish.
Ish haqining yagona stavkalari. Ishlab chiqarish xodimga bog’liq 
bo’lmagan joylarda, bir xildagi o’zgarmas, eskirgan operatsiyalarda 
(konveyerli ishlab chiqarishda), ya’ni amalda ishlab chiqarishning 
miqdoriy ko’rsatkichlarini oshirishga o’rin qolmagan joyda bir xil 
murakkablikdagi ishni bajaruvchi xodimlar bir xilda ish haqi oladilar.
Ish haqining norasmiy stavkalari. Mayda korxonalarda (kichik 
tashkilotlarda) rahbarlarning xodimlarga ish haqi darajasini belgilashda 
subyektiv yondashish hollari ham bo’ladi. Lekin, bunday tizim samara 
berishi uchun bir qator shartlarga rioya qilish kerak. Eng avvalo, rahbar 
o’z xodimlarini yaxshi bilishi, ularning ish haqida etarli darajada obyektiv 
ma’lumotlarga ega bo’lishi va ularni muntazam ravishda nazorat qilib 
turishi zarur. Bundan tashqari, jamoada zo’riqish vujudga kelmasligi 
uchun xodimlarning norasmiy ish haqi stavkalari darajasi xuddi shu 
vazifalarni bajaradigan boshqa korxona (yoki shu korxonaning o’zida), 
yoxud boshqa firma xodimlari ish haqiga yaqinroq bo’lishi kerak. Aks 
holda, xorijiy mamlakatlar amaliyotida ma’lum bo’layotganidek, bunday 
yondashish mehnat munosabatlarida ko’pincha keskinlikni keltirib 
chiqaradi va bu hol butun mehnat jamoasi ish natijalariga salbiy ta’sir 
etadi.
Ish haqining avtomatik tarzda oshirilishi. Bunday yondashuv 
norasmiy yondashuvga to’g’ridan-to’g’ri ziddir. Ish haqini korxona 
(bo’linma)ning hamma xodimlari uchun bir vaqtning o’zida oshirish 
haqidagi masala iqtisodiy vaziyatdan, raqobat shartlari va umuman, 
korxona faoliyati natijalaridan kelib chiqilgan holda yuqori rahbariyat 


198 
tomonidan hal etiladi. Bundan tashqari, bu tizim quyidagi obyektiv 
ko’rsatkichlar bo’yicha ish haqini avtomatik tarzda oshirishni ko’zda 
tutadi: ish stajining oshishi, malaka darajasini rasmiy ravishda ko’tarish va 
hokazolar. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi uchun mehnatga haq to’lashni 
tashkil qilishning turli tizimlarini qo’llash xosdir. Masalan, AQSHda 
sanoatda ishlaydigan xodimlarning 17 foizi to’g’ridant o’g’ri ishbay haq 
olish tizimiga kiradi, mukofotlashning jamoa tizimida esa 33 foiz xodimlar 
haq oladilar. Ikki guruh tizim eng ommaviy hisoblanadi, ya’ni: foydalarda 
ishtirok etish va ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishganlik halqa, eng 
avvalo, mehnat unumdorligini oshirganlik uchun mukofotlash, mukofot 
miqdori o’rtacha oylik ish haqining 5 foizidan 18 foizgachasini tashkil 
qilgan.
Frantsiyada mehnatga haq to’lash ko’proq vaqtbay tizimida 
ommalashgan. Bu erda ish haqi to’lashni tashkil qilishni takomillashtirish 
uni alohida yo’nalishda, ya’ni haq to’lash bilan unumdorlik o’rtasida 
to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish bo’ladi. Alohida haq to’lash bazasi bo’lib 
tarif tizimi qolaveradi. U mehnatning miqdoriy natijalarinigina emas, balki 
uning sifatini va ish o’rnidagi o’zini tutish omillarini ham hisobga oladi.
Tarif tizimi ikki yo’nalishda amal qiladi. Bir tomondan, tarmoq va 
tarmoqlararo darajadagi jamoa muzokaralari natijasida tarif setkasi, ya’ni 
kasb toifalari bo’yicha razryad va koeffitsientlar shkalasi, ular bevosita 
firmalarda 
hisobga olinadi. Ikkinchi tomondan, o’sha jamoa 
muzokaralariga muvofiq shunday qoidalar belgilanadiki, bu razryad va 
koeffitsientlar xodimlarga shu qoidalarga muvofiq beriladi, boshqacha 
aytadigan bo’lsak, ularni tasniflash amalga oshiriladi.
Tarif setkalarida quyidagi kategoriyalar (toifalar) mavjud: 
— eng quyi ishchi toifasi — malakasiz yoki har turli ishlarni 
bajaraveradigan ishchi (birinchi razryad); 
— yarim malakali ishchi (ikkinchi razryad); 
— malakali ishchi (uchinchi razryad); 
— texniklar (to’rtinchi razryad); 
— quyi bo’g’in boshqaruvchilari (usta, brigadir boshlig’i). 
Ayrim tarif setkalari Frantsiya korxonalarida o’rta va yuqori 
boshqaruv xodimlari va muhandislari uchun amal qiladi.
Amaliyotda rag’batlantirishning har xil tizimlari qo’llaniladi. 
Masalan, olinadigan foydalarda ishtirok etish tizimi firmalarning 70 
foizida; mehnat natijalariga baho berishda xizmatlarni baholash usuli 
firmalarning 36 foizida; turmush qiymatining o’sishiga muvofiq ish haqini 


199 
avtomat tarzda indeksatsiyalash firmalarning 36 foizida qo’llaniladi. 59 
foiz firma mehnatga haq to’lashning uch bosqichli tizimini qo’llaydi, 
bular: eng kam darajada kafolatlangan haq to’lash, jamoa mukofotlari va 
shaxsiy ish natijalari uchun yakka tartibdagi mukofotlardir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin