O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ish hаqini firmа ichidа tарtibга sоlish



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

12.3. Ish hаqini firmа ichidа tарtibга sоlish 
 
Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ish haqini tashkil qilishdagi 
o’zgarishlar. G’arb mutaxassislarining ko’p sonli tadqiqotlari shundan 
dalolat beradiki, mehnat orqali rag’batlantirishning pul shakli birinchi 
o’rinda turadi. Ish haqi darajasi va uni oshirish imkoniyatlari faqat kam 
haq oluvchilarni emas, balki katta maosh oluvchi xodimlarni ham 
qiziqtiradi.
Hozirgi kompaniyalar iqtisodiy strategiyasining bosh maqsadi ishlab 
chiqarishda miqdoriy parametrlarga erishish: asbob-uskunalar, ish vaqti, 


195 
fan foydalanish ishchi kuchining tarkibini, mahsulot sifatini yaxshilashdan 
iborat bo’lib, u umuman ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
qaratilgandir. Bu esa, xo’jalik yuritishning intensiv usullari hisobiga uning 
ekstensiv usullaridan voz kechishni bildiradi.
Firma ichki strategiyasi va moddiy rag’batlantirishdagi qayta 
qurishning bunday zarurati ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarning 
tadbirkorlar va hukumatlari xom ashyo narxlarining oshishi, inflyatsiya va 
ishsizlik kabi noxush hodisalarning tobora ko’payib borayotganligi 
munosabati bilan qattiq tejash yo’lini tutib yotganligidadir. Natijada, ishlab 
chiqarishning asosiy maqsadi bo’lgan foydani ko’paytirishga hozirgi 
paytda qo’shimcha resurslarni jalb qilgan holda ishlab chiqarish hajmini 
oshirish hisobiga emas, balki barcha mavjud resurslardan yanada 
samaraliroq foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini har tomonlama 
kamaytirish hisobiga erishilmoqda.
Shu narsa ham muhimki, firmalarning fan-texnika taraqqiyoti 
yutuqlarini keng qo’llashga, ularning ishlab chiqarishda tatbiq etilish 
muddatlarini jadallashtirishga asoslangan asosiy e’tiborni hozirgi zamon 
iqtisodiy strategiyasi oddiy mehnatdan ko’ra murakkab mehnatdan 
foydalanishga qaratishga yordam berdi. Bunday sharoitda mehnat 
sur’atlarini jadallashtirish va mehnat yutuqlarini ratsionalizatsiyalash 
masalasi o’z o’rnini boshqa masalaga, ya’ni xodimlarning aqliy 
imkoniyatlari, ularning tashabbuskorligi, kashfi yotchiligi va hokazolarni 
namoyon etish va ulardan ko’proq foydalanish masalasiga bo’shatib berdi.
Bunday yondashish firmalarning kadrlar siyosatida yangicha 
bosqichni boshlab berdiki, unga mehnatni boshqarishning majburiy, qattiq 
choralaridan asta-sekin voz kechib, xodimlarda ishni yaxshilashga qiziqish 
uyg’otadigan yanada erkinroq, demokratroq tadbirlariga o’tish xosdir. 
hozirgi paytda moddiy rag’batlantirish mehnatning mazmundorligini 
oshirish, uning shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bog’liq tashkiliy-
texnikaviy tadbirlar bilan birga qo’llanilishi sababi ham, odatda, mana 
shundadir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin