O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Neoklassik sintez. Keyingi o’ttiz yil mobaynida ko’pgina olimlar bir 
vaqtning o’zida bozorni tartibga solishdan va uning davlat tomonidan 
tartibga solinishidan o’zaro bog’liq ravishda foydalanish zarur, degan 
xulosaga kela boshladilar. SHu tariqa neoklassik sintez maktabi vujudga 
keldi. Uning asoschisi va atoqli vakili amerikalik olim, Nobel 
mukofotining 1970 yilgi laureati Pol Samuelsondir. Uning ikki jilddan 
iborat «Iqtisodiyot» darsligi (uning keyingi nashri o’zbek tilida 1996 yilda 
chiqqan) jahondagi ko’pgina mamlakatlarning talabalari uchun uzoq 
yillardan buyon asosiy iqtisodiyot kitobi bo’lib xizmat qilmoqda. 
P.Samuelson unda quyidagicha yozgan edi: «hozirgi vaqtda g’arbdagi 
iqtisodchilarning ko’plari biz bu kitobda neoklassik sintez deb atayotgan 
narsalarga erishishga intilmoqdalar, ya’ni ular samarali kredit-pul va 
xazina 
siyosati 
yo’li 
bilan 
Smit 
va 
Marshallning 
klassik 
makroiqtisodiyotini 
daromad 
darajasini 
aniqlashning 
zamonaviy 
makroiqtisodiyoti bilan birlashtirishga, har ikki yondashuvdagi barcha 
sog’lom narsalarni birga qo’shib olib borishga urinmoqdalar»
6
. Shu 
yerning o’zida u umumiy e’tirofga ko’ra iqtisodchilar klassiklarning 
dalillarini haddan tashqari soddalashtirilgan hamda XIX—XX asrlar hayot 
faktlariga javob bermaydi, deb hisoblashlarini ta’kidlab o’tgan. Erkin 
olamda hukumatlar va markaziy banklar o’zlari xazina siyosati (xarajatlar 
va soliqlar) va pul-kredit siyosati quroliga ega ekanliklarini, ular 
yordamida milliy daromad va ish bilan bandlikni belgilab beruvchi 
omillarga ta’sir etishlari mumkin ekanligini ko’rsatdilar. Neoklassik 
sintezning yo’nalishi tadqiqotlar mavzularining kengligi va amaliy 
xususiyatga ega ekanligi, iqtisodiy o’sishga, ishsizlikni va uni tartibga 
solish usullarini tahlil qilishga doir muammolarni chuqur o’rganish, 
6
Самуэльсон П. Экономика Ò.2. Ì.: 1992, 343-á. 


78 
umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasining yaratilishi bilan ajralib turadi. 
Uning tarafdorlari iqtisodiy-matematik aloqalar usullarini ishlab chiqishga 
katta e’tibor beradilar, iqtisodi-yotning davlat tomonidan tartibga solinishi 
bozorni tartibga solishga nisbatan katta ahamiyatga egadir, deb 
hisoblaydilar. Neoklassik sintezning boshqa namoyondalaridan, bizda 
endilikda mashhur bo’lib ketgan «Ekonomiks» darsligining mualliflari 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin