Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə4/4
tarix14.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#97720
1   2   3   4
Ilmiy tadqiqotlar maruza

Gipotezalar turlari

  • Ta’riflovchi
  • Prognozli
  • Tushuntiruvchi

Gipotezalarni shakllantirishning asosiy bosqichlari

  • Gipotezani ilgari surish.
  • Gipotezani shakllantirish (ishlab chiqish).
  • Gipotezani tekshirish.

Tadqiqot konsepsiyasi

  • - bu tadqiqotga va uni o‘tkazishni tashkil etishga yondashuvni aniqlaydigan metodologik xarakterdagi asosiy qoidalar to‘plami, ya’ni bu nafaqat tadqiqot obyekti va predmetini tushunish va tushuntirish bo‘yicha nazariy qarashlar tizimi, balki tadqiqot dasturini, rejasini amalga oshirishda harakatlar strategiyasini belgilaydigan bosh g‘oya.

Tadqiqotning protsessual-metodologik sxemalari

  • - bu asosiy metodologik elementlarning: konsepsiyalar, gipotezalar, yondashuvlar, metodlar, muammolar, tahlil, loyiha, tavsiyalar, modellar, maqsadlar, yechimlar, usul, o‘qitishning majmui, bog‘liqligi, ustuvorliklari, ketma-ketligi.

Ilmiy tadqiqot o‘tkazishning quyidagi umumiy sxemasi tavsiya etiladi:

  • Mavzuni tanlash va uning dolzarbligini asoslash.
  • Tadqiqotning maqsadi va aniq vazifalarini belgilash.
  • Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash.
  • Metodni tanlash yoki tadqiqotni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish.
  • Tadqiqot jarayonini o‘tkazish va bayon qilish.
  • Tadqiqot natijalarini tahlil (muhokama) qilish.
  • Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar (baho)ni shakllantirish.

Ilmiy ishdagi tadqiqot vazifalarini quyidagicha tartiblash mumkin:

  • Birinchi vazifa, qoida tariqasida, o‘rganilayotgan obyektning mohiyati, tabiati, tuzilishini aniqlash, chuqurlashtirish, metodologik asoslash bilan bog‘liq.
  • Ikkinchisi tadqiqot predmetining haqiqiy holatini, vaqt va makonda rivojlanish dinamikasi, ichki qarama-qarshiliklarni tahlil qilish bilan bog‘liq.
  • Uchinchisi tadqiqot predmetini qayta tashkil qilish, modellashtirish va sinov- eksperimental tekshirishning asosiy imkoniyatlari va qobiliyatlariga tegishli.
  • To‘rtinchisi tadqiq qilinayotgan hodisani, jarayonni takomillashtirish samaradorligini oshirishning yo‘nalishlari, yo‘llari va vositalarini aniqlash, ya’ni ilmiy ishning amaliy jihatlari bilan, tadqiq qilinayotgan obyektni rivojlantirish muammosi bilan bog‘liq.
  • Tadqiqotdagi vazifalar ko‘p bo‘lmasligi kerak.
  • Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasida bilishning darajasi ikkiga ajratiladi:
  • empirik - kuzatish va eksperiment, shuningdek guruhlash, tasniflash hamda eksperiment, kuzatuvlar natijalarini izohlash;
  • nazariy - ilmiy gipotezalar, nazariyalarning qurilishi va rivojlanishi, qonunlarni shakllantirish va ulardan mantiqiy oqibatlarni ajratish, turli gipoteza va nazariyalarni taqqoslash.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin